Buzilish (snos)ga tushgan uy-joyda ro‘yxat (propiska)da turganlarning har biriga alohida uy beriladimi?

Mazkur holatda uyning faqat mulkdoriga davlat tomonidan uy-joy ajratiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 27-moddasiga muvofiq, yer uchastkalari davlat yoki jamiyat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolar mulkida bo‘lgan uylar (kvartiralar) buzilgan taqdirda, mulkdorlarga ularning tanlovi bo‘yicha va taraflar kelishuviga ko‘ra, uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan kam bo‘lmagan sahndagi, barcha qulayliklari bo‘lgan, avvalgisiga teng qimmatli boshqa turar joy mulk qilib beriladi hamda dov-daraxtlarning bozor qiymati to‘lanadi yoxud buzilayotgan uy (kvartira), boshqa imoratlar, inshootlar va dov-daraxtlarning bozor qiymati, shuningdek, yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymati to‘liq hajmda to‘lanadi.

Doston JO‘RAYeV,

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi katta konsultanti.