Chaqaloqni 18 ming dollarga sotishga uringan ikki ayol qo‘lga olindi

Guliston shahrida yangi tug‘ilgan chaqaloqni sotmoqchi bo‘lgan ikki ayol qo‘lga olindi. Qing‘ir niyatlilar chaqaloqni 18 ming dollarga baholagan, deb xabar berdi Sirdaryo viloyati IIB.

Xabarda qayd etilishicha, Sardoba tumanida yashovchi ayollarni hibsga olish bo‘yicha operatsiya 23 iyun kuni o‘tkazilgan.

Chaqaloq uchun olishlari kerak bo‘lgan pul mablag‘larini huquq-tartibot idoralari xodimlari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yishdi.

Hozirda tergov davom etmoqda.