Charli Chaplinning hayotini o‘zgartirib yuborgan voqea
Komik aktyor Charli Chaplin bir intervyusida shularni gapirib bergandi:
"Yosh bola edim. Dadam meni sirkka olib bordi. Bilet uchun uzun navbatga turdik. Bizdan oldinda er-xotin oltita bolasi bilan navbatda turardi…
Navbatlari keldi, ota chiptaxona tuynugidan chipta narxini so‘radi. Chiptachi narxni aytgan edi, bechora ota kalovlanib qoldi.
Chiptaga pullari yetmasligi sezilib turar, bolachalar esa jovdirab dadalariga qarashardi.
Shunda dadam cho‘ntagidan yigirma dollar chiqarib, uni yerga otdi va oldida turgan kishiga:
- Janob, pulingiz tushib qoldi, - dedi.
Haligi kishi dadamga qaradi, pulni olarkan ko‘zlari jiqqa yosh edi. Titroq ovoz bilan:
- Rahmat, degani hamon qulog‘im ostida jaranglab turadi.
Dadam mening qo‘limdan tutib, navbatdan olib chiqdi. Chunki dadamning ham o‘sha kishiga bergan yigirma dollardan boshqa puli yo‘q edi...
Dadam bilan faxrlanaman, chunki o‘sha kuni dadam men uchun ikki daqiqalik shunday sahna qo‘yib bergandiki, mening hayotimni tubdan o‘zgartirib yubordi".