COVID-19 muzlatilgan mahsulotlarda qancha vaqt yashaydi?
- 17.06.2020 12:43
- 460
- COVID-19
Muzlatilgan mahsulotlarda COVID-19 ikki oydan uch oygacha yashashi mumkin, deya ta’kidladi Pekinning kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi mutaxassisi U Szunyu.
“Biz olgan barcha virus namunalari past haroratli joylardan olingan. Havo xarorati qanchalik past bo‘lsa, virus shuncha ko‘p yashay oladi. Masalan, agar muzlatilgan mahsulotlarni olsak, u yerda virus 2-3 oy yashashi mumkin”, deb ta’kidladi mutaxassis Xitoy markaziy televideniyesida.
Shu bilan birga, u Xitoy bozorida aniqlangan virus muzlatilgan mahsulotlar bilan kirib kelganligi to‘g‘risida yuz foiz ishonch bilan aytish qiyin ekanligini ta’kidladi.
Hozircha muzlatilgan import mahsulotlarini xarid qilmaslikka xarakat qiling, xarid qilgan taqdiringizda ham uni yaxshilab pishiring, deya qo‘shimcha qildi mutaxassis.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Konfet niqobidagi og‘u
- 2 soat avval
- Jinoyat va jazo
Joul Qosimda hamma ishli bo‘ladi
- 2 soat avval
- Samarqand
O‘g‘lining dardini o‘ziga olgan shoh va shoir
- Bugun, 16:27
- Madaniyat
Dunyoning xaroba maskanlari
- Bugun, 14:28
- O'qing, qiziq!