Dala hovlidagi janjal oqibatida bir kishi vafot etdi, ikkinchisi esa kasalxonada
- 14.06.2019 13:03
- 231
- Jinoyat va jazo
2019 yil 13 iyun Samarqand tumanida yashovchi 47 yoshli X.R. tanishi 57 yoshli O.A.ga tegishli Shirinobod MFYda joylashgan dala hovlisida o‘zaro janjalashib, O.A va shu yerda bo‘lgan uning yana bir tanishi 44 yoshli B.B.larning tanasining turli joylariga urib-tepib jarohat yetkazgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, O.A. kasalxonaga olib ketilayotgan vaqtida vafot etgan. B.B. kasalxonaga yotqizilgan. X.R. qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.