Dunyo voqealari qisqa satrlarda: AQShda namoyishchilar Kapitoliyga bostirib kirdi, Putin Kiyev bilan muzokaraning asosiy shartini aytdi...
🔻 Qo‘shma Shtatlarda tartibsizliklar avj olmoqda. Namoyishchilar Kapitoliy binosiga bostirib kirib, G‘azo sektorida o‘t ochish va Isroilga harbiy yordamni zudlik bilan to‘xtatishni talab qilishgan. O‘nlab odamlar hibsga olingan.
🔻 SAXAL G‘azo sektorini o‘qqa tutishda davom etmoqda. Bir kun oldin zarba berilgan Al-Ahli kasalxonasi yaqinida joylashgan turar-joy binosiga Isroil raketasi uchirilgan.
🔻AQSh va Isroil razvedkachilarining fikricha, Al-Ahli kasalxonasidagi portlash "ko‘pi bilan bir necha o‘nlab" odamlar hayotiga zomin bo‘lgan. Aytilishicha, Isroil shifoxonaga zarba bermagan. Tasvirlar raketa G‘azodan uchirilgani va shifoxona yaqiniga tushganini ko‘rsatadi.
🔻 Qozog‘iston Nyu-York tovar birjasi saytini blokladi. Sayt VPN (virtual xususiy tarmoq)siz ochilmaydi. Shu bilan birga, Qozog‘istondan tashqarida, dunyodagi eng qadimgi savdo platformalaridan birining veb-saytiga VPNsiz kirish mumkin bo‘lsa-da, eng yirik neft fyuchers birjasi sayti - NYMEX bloklangan.
🔻 Rossiya rahbari Vladimir Putin Pekinda XXR raisi Si Szinpin bilan uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida Kiyev rasmiylari bilan muzokaralarning asosiy shartini aytdi: "Ukraina bo‘yicha tinch muzokaralar uchun "teatrcha ishora" kerak emas, balki Kiyevning bunday muzokaralarni taqiqlovchi farmonini bekor qilish kerak".
🔻 Rossiya endi yadroviy sinovlarni taqiqlashni cheklamaydi. Davlat Dumasi Yadroviy sinovlarni to‘liq taqiqlash to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilishni Rossiyadan chaqirib olish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi.
🔻 Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSh prezidenti Jo Baydenga G‘azo sektoridagi shifoxonaga uyushtirilgan teraktda Isroil tomonining aloqasi yo‘qligi to‘g‘risida dalillar taqdim etgan.
🔻 Kecha, 18 oktyabr kuni Isroilga tashrif buyurgan AQSh prezidenti Jo Bayden shu hafta Kongressdan Tel-Avivga “misli ko‘rilmagan yordam paketi” taqdim etishni so‘rash rejasini ma’lum qilgan. Bundan tashqari, Bayden Isroilda tug‘ilgani haqida kutilmagan bayonot berdi. "Isroil davlati butun dunyo yahudiylarining xavfsizligi uchun tug‘ilgan, men ham u yerda tug‘ilganman", dedi u. AQSh prezidentining rasmiy tarjimai holiga ko‘ra, uning tug‘ilgan joyi Pensilvaniya shtati.
🔻 Ilon Mask Yevropada X ijtimoiy tarmog‘ini bloklamoqchi. Mask avgust oyida kuchga kirgan raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonundan norozi bo‘lmoqda.
🔻 Moskvalik 15 bolaning onasi odam savdosi aybi bilan hibsga olingan. Tekshiruv davomida ma’lum bo‘lishicha, u ba’zi bolalarni o‘zi dunyoga keltirmagan.