Dunyo voqealari qisqa satrlarda: AQShda ommaviy otishma ro‘y berdi. Bayden Eronga javob choralari bilan po‘pisa qildi...
🔻 AQShning Lyuiston shahrida sodir bo‘lgan otishmada 22 kishi halok bo‘lgan, 30 dan ortiq kishi yaralangan. Jinoyatchi uch joyda – restoran, do‘kon va ko‘ngilochar markazda o‘t ochgan. Ommaviy otishmada gumonlanuvchi, 40 yoshli Robert Kard qo‘lga olingan.
🔻 Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu, AQSh prezidenti Bayden unga bosqinni kechiktirishni maslahat berganiga qaramay, G‘azo sektoriga bostirib kirishda qat’iy turibdi.
🔻 Isroil askarlari Suriyaning Aleppo shahridagi aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagiga zarba berdi, qurbonlar yo‘q.
🔻 Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Isroilga tashrifini bekor qildi. Turkiya prezidenti bu qarorini Isroilning G‘azo sektoridagi operatsiyasi bilan izohladi. Shuningdek, Erdo‘g‘on Anqara Falastinning HAMAS radikal harakatini terrorchi tashkilot emas, balki “ozodlik guruhi” deb bilishini aytgan.
"Oxirgi yig‘ilishda ular bir joyga to‘planib, butun G‘arb HAMASni terrorchi tashkilot deb bilishini aytishdi. Hamas terrorchi tashkilot emas, balki ozodlik tashkiloti va o‘z yerlarini himoya qilish uchun kurashayotgan mujohidlar guruhi”, - dedi u parlamentdagi chiqishida.
🔻 Rossiya va Xitoy BMT Xavfsizlik kengashining Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha AQSh tomonidan taklif etilgan rezolyusiya loyihasiga veto qo‘ydi. Asosiy sabab - rezolyusiya o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirmaydi.
🔻 Putin yadroviy to‘xtatuvchi kuchlar mashqlarini o‘tkazdi. Unda "dushmanning yadroviy zarbasiga javoban katta yadroviy zarba" sinovdan o‘tkazilgan.
🔻 AQSh prezidenti Jo Bayden Eron Yaqin Sharqda joylashgan Amerika qo‘shinlariga hujum qilsa, javob choralari ko‘rilishi mumkinligini ma’lum qildi. AQSh prezidentining ta’kidlashicha, amerikalik harbiylar Yaqin Sharq mintaqasida Isroil va Falastin o‘rtasidagi ziddiyat kuchayib borayotgani uchun emas, balki terroristik guruhlarga qarshi kurashish uchun joylashtirilgan.
🔻 Manxetten Oliy sudi sudyani partiyaviy tarafkashlikda tanqid qilgani uchun AQShning sobiq prezidenti Donald Trampni 10 ming dollar jarimaga tortdi.
🔻 "Men Rossiya harbiy bazalarining Armanistonda davom etishida hech qanday afzallik ko‘rmayapman", deydi Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan intervyuda. “Moskva ittifoqchi sifatida o‘z majburiyatlarini bajarmadi.
🔻 Hindistonning Kerala shtatida bo‘g‘ma ilon yoqilg‘i quyish shoxobchasida odamga hujum qilgan va stansiya xodimi uni arang qutqarib qolgan.