Dunyo voqealari qisqa satrlarda: Eronda reportaj uchun qamoq jazosi berildi. G‘azo sektoriga hujumlar kuchaymoqda. Mask "Vikipediya" nomini o‘zgartirish uchun bir milliard dollar bermoqchi.
🔻 Eron sudi ikki jurnalist Nilufar Hamadiy va Elaxex Muhammadiyni “AQSh hukumati bilan hamkorlik qilish”da ayblab, yetti yilgacha qamoq jazosiga hukm qildi. Ular o‘tgan yilning sentyabrida politsiya hibsxonasidagi Mahsa Amini o‘limi sabab ommaviy noroziliklarni yoritgan.
🔻 Qo‘shma Shtatlar BMT Xavfsizlik Kengashining Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha rezolyusiya loyihasini taqdim etdi. Hujjatda Hamas qoralanadi, ammo o‘t ochishni to‘xtatish chaqirig‘i yo‘q. Xususan, rezolyusiya loyihasi tinch aholini himoya qilish, G‘azo sektoriga yordamni to‘siqsiz yetkazishni talab qiladi.
🔻 Isroil armiyasi o‘tgan 24 soat ichida G‘azodagi 320 dan ortiq nishonlariga zarba bergan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Falastin anklavining 4700 dan ortiq aholisi qarama-qarshilik qurboniga aylangan, ularning deyarli yarmi bolalardir. G‘azo sektorida 212 nafar garovga olinganlar saqlanayotgani aytilmoqda.
🔻 Isroilda 50 ga yaqin o‘zini-o‘zi mudofaa bo‘linmalari yaratilgan. Mudofaa bo‘linmalari, xususan, Kiryat Motskin, Nahariya, Rosh-Pina va Arad shaharlarida tashkil etilgan.
🔻 Iroqda sud sobiq prezident Saddam Husayn qizi Ragadni mamlakatda ilgari hukmron bo‘lgan Baas partiyasini targ‘ib qilgani uchun sirtdan yetti yilga ozodlikdan mahrum qildi. Qayd etilishicha, 2021 yilda Ragad Saddam Al Arabiya telekanaliga intervyusida, ko‘pchilik unga otasining hukmronlik davri "shon-sharaf va g‘ururli", Iroq esa barqaror va boy mamlakat bo‘lganligi haqida gapirgan. Hozirda Ragad singlisi bilan Iordaniyada yashaydi.
🔻 Gruziya 23 bugun Tehronda bo‘lib o‘tadigan mintaqaviy “3+3” formati (Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya, Eron, Rossiya, Turkiya) doirasidagi yig‘ilishda qatnashmaydi. Mamlakat TIV Gruziya hech qachon bunday formatdagi uchrashuvlarda qatnashmaganini aytdi.
🔻 Amerikalik biznesmen Ilon Mask "Vikipediya" internet-ensiklopediyasiga beadab ("Dickipedia") nom olishga rozi bo‘lsa, milliard dollar taklif qildi. Nomaqbul nom taklif qilishdan oldin tadbirkor "Vikipediya"ni mablag‘larni o‘zlashtirishda gumon qilgan.
🔻 Fransiya hukumati radikallar tomonidan o‘ldirilgan o‘qituvchilar Samuel Pati (2020) va Dominik Bernard (2023) xotirasiga bag‘ishlangan marosimlarda ekstremizm namoyon bo‘lgani uchun 183 nafar maktab o‘quvchisini maktabdan chetlatishga qaror qilgan.
🔻 Rossiyada kompaniyalarni ishchi kuchi bilan ta’minlash yomonlashmoqda. Ko‘rsatkich 2020 yildan beri eng past darajaga yetgan. Bu ishlab chiqarish sanoati, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalariga zarar ko‘rsatgan. Sodir bo‘layotgan tanqislik real ish haqi o‘sishining sekinlashishi, migrantlar oqimi pasayishi bilan bog‘liq.
🔻 AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Vashington dunyodagi eng xavfli poytaxt ekanini aytdi. Shahar "iflos, jinoyatlar bilan to‘ldirilgan tuzoqqa aylandi", deydi u va agar prezident etib saylansa, Vashingtonni "tozalash, ta’mirlash va tiklash"ga va’da beradi.