Dunyo voqealari qisqa satrlarda: HAMAS barcha garovdagilarni Tehronga topshirish niyatida. Rossiyada migrantlarni ro‘yxatga olish qoidalari o‘zgardi.
🔻 Falastinning HAMAS guruhi rahbarlari mahbuslarni ozod qilib, Tehronga topshirish niyatida. Guruh bu yo‘nalishda Qatar va Turkiyaga yordam berishga tayyor.
🔻 Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi kecha, 26 oktyabr kuniga kelib, 7028 kishi halok bo‘lgani va 18500 kishi yaralanganini ma’lum qildi. Shuningdek, BMTning qochqinlarga yordam beruvchi agentlaridan 53 nafari halok bo‘lgani aytilmoqda.
🔻 Rossiya xorijliklarni migratsiya ro‘yxatidan o‘tkazish qoidasini o‘zgartirdi. Endi Rossiyaga borgan xorijliklar Davlat xizmatlari portali orqali migratsiya uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.
🔻 AQSh prezidenti Jo Bayden, Eron foydalangan Suriyadagi ikkita ob’yektga zarba berishni buyurgan. Bu qaror Amerika harbiy pozitsiyalariga qilingan qator hujumlarga javoban qabul qilingan. Agar Eronga aloqador guruhlar AQSh harbiy xizmatchilariga hujum qilishda davom etsa, Qo‘shma Shtatlar "keskin choralar" ko‘rishi aytilmoqda.
🔻 Dahlak arxipelagi (Eritreyaga yaqin Qizil dengiz orollar guruhi) dagi eng yirik Isroil armiyasi bazasiga qurolli hujum uyushtirildi.
🔻 Rossiya fuqaroligi bo‘lgan, ikki nafar asli tojikistonlik ro‘yxatga olish harbiy punktidan to‘siqdan sakrab qochgan. Ulardan biri ushlangan, ikkinchisi qidiruvda ekani ma’lum qilingan. Hozirda Rossiyada harbiy punktdan qochganlik uchun ikki yillik qamoq jazosi mavjud.
🔻 Isroil Tashqi ishlar vazirligi Rossiya hukumatidan Moskvaga borgan XAMAS delegatsiyasini “quvib chiqarish”ga chaqirgan. Ular islomiy harakati delegatsiyasining Moskvaga taklif qilinishini terrorizmni qo‘llab-quvvatlash sifatida baholamoqda. 26 oktyabr kuni Siyosiy byuro a’zosi Abu Marzuk boshchiligidagi Falastin harakati vakillari tashrif bilan Moskvaga borgandi.
🔻 Eron sharqidagi Janubiy Xuroson viloyatida 5,1 magnitudali zilzila qayd etilgan. Qurbonlar va talafotlar haqida ma’lumot yo‘q.
🔻 Turkiyaning Fatxiye ko‘rfazidagi yuk kemasi bortida portlash sodir bo‘lgan, natijada bir kishi halok bo‘lgan, to‘rt kishi jarohatlangan. Portlash sabablari hozircha noaniq.
🔻 Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashining sobiq bosh vaziri Li Kesyan yurak xurujidan vafot etdi, u 68 yoshda edi.
🔻 Bugun Pashinyan Tbilisida Ozarbayjon bosh vaziri bilan uchrashdi, muzokaralar bir necha soat davom etgan.