Dunyo voqealari qisqa satrlarda: Iordaniya sammiti bekor qilindi, Isroil o‘z fuqarolarini Turkiyani tark etishga chaqirdi...
🔻Iordaniya AQSh prezidenti Jo Bayden hamda Misr va Falastin hukumati rahbarlari ishtirokidagi to‘rt tomonlama sammitni bekor qildi. Shuningdek, Falastin rahbari Mahmud Abbos sammitda ishtirok etishdan bosh tortgan.
🔻Isroil Milliy xavfsizlik kengashi G‘azo sektori bilan ziddiyat kuchaygani bois isroilliklarga qarshi teraktlar xavfi tufayli mamlakat fuqarolarini zudlik bilan Turkiyani tark etishga chaqirgan.
🔻Eron prezidenti Ibrohim Raisi G‘azo sektoridagi shifoxonaga uyushtirilgan hujumni urush jinoyati deb atadi va “AQSh-Isroil bombalari alangasi” tez orada Isroilni yutib yuborishini aytdi.
🔻BMTdagi bir guruh arab davlatlari AQSh prezidenti Jo Baydendan Tel-Aviv o‘t ochishni to‘xtatishi uchun Isroilga ta’sir o‘tkazishni so‘ramoqda.
🔻Anqara Isroil-Falastin mojarosida kafillar tizimini yaratish taklifini ilgari surdi. Bunda kafil davlatlar kelishuv ijrosini ta’minlash mas’uliyatini o‘z zimmalariga olishlari va Falastin mojarosining barqaror yechimiga erishishda hal qiluvchi bo‘lishi mumkin.
🔻Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri Li Syan Prezident Qosim-Jomart Toqayev xitoy tilini mukammal bilishi bilan xitoyliklarni hayratda qoldirganini aytdi. Qosim-Jomart Toqayev kecha Xitoy Xalq Respublikasiga rasmiy tashrif bilan borgan.
🔻Yaponiya aviakompaniyasi sumo kurashchilari uchun qo‘shimcha reys belgiladi. Kagosimadagi milliy sport festivaliga uchishi kerak bo‘lgan sumochilar 165 yo‘lovchiga mo‘ljallangan ikkita Boyeing 737-800 samolyotida uchishlari kerak edi. Biroq har birining vazni 120 kilogrammga yaqin kurashchilar muammo keltirishi aeroport xodimlarini xavotirga solgan.