Dunyo voqealari qisqa satrlarda: Isroil va HAMAS hujumlari qurbonlari orasida bolalar va ayollar ko‘p, fransuz qo‘shinlari Nigerni tark etishi tasdiqlandi, AQSh qarzi yangi rekordda, yilning oxirgi quyosh tutilishi…
🔻 Isroil va HAMAS havo hujumlarini almashishda davom etmoqda: to‘rt kun ichida G‘azo sektorida 2300 ga yaqin nishonga zarba berilgan.
🔻 Har ikki tomondan qurbonlar soni muttasil ortib bormoqda: rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 1200 dan ortiq isroillik va 900 falastinlik halok bo‘lgan. G‘azo chegarasi yaqinidagi Kibbutz Kfar Azada o‘nlab tinch aholi, jumladan ayollar va yosh bolalarning jasadi topilgan.
🔻 Gumanitar tashkilotlar Falastin boshqarayotgan hududga yordam yetkazish uchun koridorlar yaratilishini so‘ramoqda. JSST va BMT deyarli qamal ostida bo‘lgan Falastin kasalxonalariga dori-darmon ta’minoti muammosidan xavotirda.
🔻 Afg‘onistonning Hirot viloyatida 6,3 va 5,0 magnitudali yangi zilzilalar sodir bo‘ldi.
🔻 Niger rasmiylari fransuz qo‘shinlarini mamlakatdan olib chiqish shu haftadan boshlanishini tasdiqladi. Nigerni tark etayotgan fransuz askarlari “Yo‘qolsin Fransiya!” shiorlari bilan kuzatilmoqda.
🔻 Ozarbayjon va Armaniston avvalroq Bryusseldagi uchrashuvga kelishib olishdi.
🔻 2023 yilning oxirgi quyosh tutilishi 14 oktyabrda sodir bo‘ladi. Bu hodisa halqa shaklidagi tutilish bo‘lib, Oy Quyosh nurini to‘liq to‘sib qo‘ymaydi, yorqin halqa effektini yaratib, uni faqat markazda to‘sadi. Dunyoning yirik rasadxonalari hodisani translyasiya qiladi.
🔻 London aeroportining avtopark terminalida sodir bo‘lgan yong‘in tufayli barcha reyslarni kechiktirildi. Yong‘inga qarshi faol kurash olib borildi. Aeroport bugun tushlikkacha reyslar kechiktirilishini ma’lum qilgan.
🔻 AQSh davlat qarzi bir oydan kamroq vaqt ichida 500 milliard dollarga o‘sdi va 33 trillion dollarlik tarixiy eng yuqori darajaga yetdi.