Dunyo voqealari qisqa satrlarda: Kondagi qurbonlar soni oshdi. Isroil BMTni tark etadimi? BMT Xavfsizlik Kengashi Falastin-Isroil mojarosi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazadi. Intuitsiya lotereyada 2 million dollar yutishga yordam berdi.

🔻 Qozog‘iston avariyadan keyin davlat ixtiyoriga o‘tgan «Arselor Mittal Temirtau» konida halok bo‘lganlar 35 nafarga yetgan, 11 kishi qidirilmoqda. Qozog‘iston Prezidenti Qosim Jomart-Tokayev avval shu vazifada ishlagan Vadim Basinni kompaniya rahbarligiga tayinladi. Prezident so‘zlariga ko‘ra, «Arselor Mittal Temirtau» hamkorlik bo‘yicha Qozog‘iston tarixidagi eng yomon korxona bo‘lgan. "Arselor Mittal Temirtau" AJ xalqaro po‘lat konserniga kiritilgan bo‘lib, Qozog‘istonda 15 ta ko‘mir konlariga ega.
🔻 Isroilning Moskvadagi elchisi Aleksandr Ben Svi, Isroil BMTni tark etmoqchi emasligini aytdi, ammo xalqaro tashkilot bilan hamkorlik qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
🔻 BMT Falastin-Isroil mojarosi borasida Xavfsizlik Kengashining majlisi ertaga, 30 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
🔻 Isroil ma’lum qilishicha, Falastinda garovga olinganlarning aniq soni 230 taga yetgan.
🔻 Isroil harbiylari HAMASni yo‘q qilish va 7 oktyabr kuni Isroilga hujum qilinganda garovga olingan fuqarolarni ozod etish maqsadida G‘azo hududiga kirgani aytilmoqda. "Kecha Isroil fuqarolari G‘azo darvozasidan o‘tishdi. Maqsad HAMASni yo‘q qilish va va garovga olinganlarni qaytarish», deyiladi xabarda.
🔻 AQSh (Janubiy Karolina shtati)lik Jessika magazinga kirib bir zumlik lotereya chiptasi sotib olishga qaror qilgan. Jessika biletning yashirin qobig‘ini o‘chirgach, 2 million dollar yutganini ko‘rib, tili kalimaga kelmay, oyoqlari o‘ziga bo‘ysunmay o‘tirib qolgan.