Dunyo voqealari qisqa satrlarda: Yaqin Sharqdagi vaziyat "porox bochkasi"ga qiyoslandi. Isroil harbiylari tez orada G‘azoga kiradi.
🔻 Qizil dengizdagi AQSh kemasi Yamandan uchirilgan uchuvchisiz samolyotlar va raketalarni tutdi. Pentagon ular Isroilga qarshi uchirilgan deb taxmin qilmoqda.
🔻 Isroil mudofaa vaziri: "G‘azo sektori bilan chegarada joylashgan Isroil qo‘shinlari tez orada Falastin anklaviga kiradi".
🔻 Isroil G‘azo sektorida misli ko‘rilmagan hujumga tayyorlanmoqda. Ammo u operatsiya keyin nima qilishni bilmaydi, AQSh va arab mamlakatlariga ko‘ra, uning "chiqish strategiyasi" yo‘q.
🔻 Isroilning G‘azo sektoriga bergan zarbalari natijasida halok bo‘lgan falastinliklar soni 3859 nafarga yetgan, 13300 kishi jarohatlangan.
🔻 Eron Tashqi ishlar vazirining ma’lum qilishicha, Yaqin Sharq "poroxli bochka"ga o‘xshash holatda. Mintaqadagi vaziyat nazoratdan chiqib ketish xavfi yuqori.
🔻 G‘azodagi V asr boshlarida qurilgan Avliyo Porfiriya yunon pravoslav cherkovi Isroil bombardimoni natijasida vayron bo‘ldi, qurbonlar va yaradorlar bor. Isroilning zarbasi vaqtida cherkovda mingga yaqin odam bo‘lgan, o‘nlab odamlar vayronalar ostida qolgan.
🔻 Pentagon Ukrainaga mo‘ljallangan o‘n minglab snaryadlarni Isroilga topshirishni rejalashtirmoqda.
🔻 Xitoyning mintaqaviy banklari mahalliy hukumatlar qarz inqirozi kuchayishi tufayli 2,2 milliard yuan (301 milliard dollar) zarar ko‘rishi mumkin. Hukumat munitsipal obligatsiyalar bozorida 9 trillion dollarlik kredit inqirozining oldini olish uchun choralar ko‘rmoqda.
🔻 Fransiya-Shveysariya xalqaro aeroporti Bazel-Myuluz-Frayburg bomba tahdidi tufayli evakuatsiya qilingan.
🔻 Zelenskiy Bayden bilan muzokaralar olib bordi va unga uzoq masofali ATACMS raketalari uchun minnatdorchilik bildirdi. Bayden Ukrainaga yordamni kelajak avlodlar uchun foyda keltiradigan “aqlli sarmoya” deb ataydi.
🔻 Janubiy Koreya hukumati rasmiy vakili Kim Yon Xo "agar Rossiya Federatsiyasi KXDRga harbiy texnologiyalarni taklif qilsa, bu Janubiy Koreya uchun “xavfsizlikka jiddiy tahdid soladi. Unda biz AQSh hamda boshqa davlatlar bilan Rossiya va Shimoliy Koreyaga qarshi kuchli sanksiyalarga murojaat qilishga majbur bo‘lamiz", deya ogohlantirdi.
🔻 Iroq g‘arbida AQShning Ayn al-Assad harbiy bazasi o‘qqa tutildi.