Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Dunyodagi eng baxtli shaharlar nomi aniqlandi

Tadqiqotchilar dunyoning 200 ta shahrini tahlil qilishdi. Daniyaning Orxus port shahri 2023 yilda dunyodagi eng baxtli aholiga ega shahar deb tan olindi.

Poytaxt Kopengagendan taxminan 187 kilometr uzoqlikdagi Orxus Daniyadagi ikkinchi yirik shahar bo‘lib, Yutlandiya yarim orolining sharqida joylashgan. Aslida, shahar kutilmaganga g‘olib bo‘lib chiqmadi, chunki Skandinaviya mamlakatlari aholisi deyarli har doim eng baxtli kishilar deb tan olinadi.

Britaniyaning “Institute for Quality of Life” tadqiqot kompaniyasi “Happy City Index 2023” reytingi g‘olibini aniqlash maqsadida dunyoning 200 ta shahrini tahlil qildi. Boshqa omillar qatorida, ma’lum bir shahar aholisining baxtiga ta’sir qiluvchi ta’lim, inklyuziv siyosat, iqtisodiyot, harakatchanlik, atrof-muhit muhofazasi, yashil hududlardan foydalanish, innovatsiyalar, tabiiy sharoitlar, ofatlar ta’siri va boshqalar kabi ko‘rsatkichlar hisobga olindi.

Shu bilan birga, mutaxassislar shaharlarni shartli ravishda uch - oltin (1-23-o‘rinlar), kumush (24-100) va bronza (101-200) shaharlar toifalariga bo‘lishga qaror qildi.

2023 yilda dunyodagi eng baxtli 10 ta shaharlar ro‘yxati:

1.Orxus, Daniya (1614,2 ball).

2.Syurix, Shveysariya (1611).

3.Vankuver, Kanada (1605).

5.Nyu-York, AQSh (1602).

5. Jeneva, Shveysariya (1599,9).

6.Monreal, Kanada (1596,5).

7.London, Buyuk Britaniya (1586,9).

8.Brisben, Avstraliya (1585,2).

9.Amsterdam, Niderlandiya (1578,1).

10.San-Fransisko, AQSh (1577,1).

Avvalroq mahalliy aholining hayotdan qoniqish darajasiga ko‘ra, 2024 yilda ko‘chib o‘tish uchun Shveysariyaning Syurix shahri Yevropadagi eng yaxshi joy deb topilgan edi.