Dunyodagi eng noodatiy qabrtoshlar
Hayot qiziq, ayrimlar o‘lim va qabrga qo‘yilish, qabrtoshlarni ham g‘ayrioddiy holat, deb biladi. Ushbu to‘plam qahramonlari o‘limdan keyin qanday ko‘rinishga ega bo‘lishlari haqida ancha oldin o‘ylab ko‘rishgan bo‘lsa ajabmas. Bu holat juda g‘ayrioddiy qabrtoshlarda mujassam etilgan.
Tosh qo‘llar
Tosh panjara orqali er-xotin ruhini bog‘lab turadigan ikkita tosh qo‘llar ham qayg‘uli, ham romantik ko‘rinadi. Bu qabrlarda 38 yil birga yashagan juftlik dafn etilgan.
1880 yilda vafot etgan polkovnik Jey van Gorcum, qabristonning protestantlar qismida, uning rafiqasi van Efferden xonim esa katolik qismida dafn etilgan. Ular 1842 yilda turmush qurgan, zodagonlar oilasidan bo‘lgan ayol turmush o‘rtog‘i oilaviy qabristonida yotishni istamadi, lekin u eriga yaqinroq bo‘lishni xohlab, imkon qadar unga yaqinroq dafn etilishini so‘radi. Uning orzusi amalga oshdi va sevishganlar hali ham qo‘l ushlashmoqda.
Butun umri davomida gaplashmagan juftlik
Ushbu qattiqqo‘l ayolning byusti Argentinadagi “Rekolete” qabristonida joylashgan. Ayolga orqa qarab o‘tirgan erkakning tosh haykali esa… uning eri. Maftunkor katolik va protestant juftlikdan farqli o‘laroq, bu turmush o‘rtoqlar qo‘l ushlashmaydi va hatto bir-biriga qaramaydi ham. Avval er vafot etdi, bir necha yil o‘tgach, xotini hayotdan ko‘z yumdi. Ular bir-biriga hech qanday so‘z aytmasdan 30 yil birga yashagan ekan...
Oshiq kuychi
Musiqachi va aktyor Fernand Arbelot 1990 yilda vafot etdi va “Per Lashez” qabristoniga dafn qilindi. O‘limidan oldin u faqat bitta narsani - xotinining yuziga abadiy qarashni xohladi.
Quvnoq qabriston
Ruminiyaning Maramures okrugi Sapinta qishlog‘idagi yorqin ranglar bilan bo‘yalgan qabriston o‘zining quvnoq muhiti bilan mashhur. Shubhasiz, bu qabristonga dafn qilinishni so‘raganlarning hazil tuyg‘usi kuchli bo‘lgan bo‘lsa kerak.
Qabrlar ba’zilari cho‘pon, askar, boshqalari esa ziyofat yoki she’riyatni yaxshi ko‘rgan odamlarning hayoti davomidagi sevimli mashg‘ulotlarini aks ettiradi. Ayrim qabrtoshlarda dafn etilganlarning o‘lim sababi haqida hikoya qilinadi.
Haqiqiy hazilkash
Jek Krouyell AQShdagi so‘nggi yog‘och kiyim qisqichlari ishlab chiqaruvchi zavod egasi edi. U qabri ustida doimo bolalarning o‘ynab yurishlarini xohlardi.
Akaning ukaga sovg‘asi
Rey Tse ismli bola 15 yoshida vafot etdi, uning akasi, muvaffaqiyatli tadbirkor, har doim mashina haydashni orzu qilgan ukasiga vafotidan keyin sovg‘a berishga qaror qildi. Tosh “Mercyedes Bens” 250 ming dollarga tushdi. Qabrtosh Nyu-Jersidagi “Linden” qabristonida joylashgan.
B.Muhammadiyeva tayyorladi.