Dunyodagi eng xavfli kasblar

Tikuvchilik, qandolatchilik, texnologik ishlanmalar yoki qaysi boshqa soha bo‘lmasin, ish joyida har doim turli darajadagi jarohatlar sodir bo‘lib turadi. Ular orasida eng xavfli kasblar bor. AQSh Mehnat departamenti miqdoriy jihatdan o‘rganib, tuzgan reytingida zararsizdek tuyuladigan kasblar ro‘yxati shakllandi.

Ovchilar va baliqchilar - 100 000 ishchiga 132 o‘lim

Bu kasb eng xavfli hisoblanadi, chunki mutaxassislar oldindan aytib bo‘lmaydigan tabiat sharoitlari, shuningdek, nafaqat jarohatlarga,balki o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan xavfli atributlar bilan ishlashiga to‘g‘ri keladi.

Yog‘och tayyorlovchilar - 100 000 ishchiga 91 o‘lim

Daraxt kesuvchilar o‘rmonlarda ochiq havoda ishlaydi. Ko‘pincha ular daraxtlarning qulashi yoki og‘ir uskunalar bilan ishlash jarayoni qurboni bo‘lishadi.

Tom yopuvchi ustalar - 100 000 ishchiga 47 o‘lim

Bu kasb hozirda ham eng xavflilaridan biri bo‘lib qolmoqda. Tom yoki zinapoyadan qulab tushish hattoprofessional tunukachi ustalar orasida keng tarqalgan shikastlanishlardir.

Quruvchilar - 100 000 ishchiga 43 o‘lim

Ushbu kasb mutaxassislari har lahzada ustiga qurilish predmetlari yoki ob’yektlar tushishi xavfi ostida ishlaydi, shuningdek, bu ishda balandlikdan qulab tushish xavfi ham yuqori.

Uchuvchilar va bort muhandislari - 100 000 ishchiga 34 o‘lim

Afsuski, ahyon-ahyonda havoda samolyotlar halokatga uchrashi bilan bog‘liq transport hodisalari sodir bo‘lib turadi.

Qayta ishlash uchun chiqindi yig‘uvchilar - 100 000 ishchiga taxminan 33 o‘lim

Ko‘pincha jarohatlar va o‘limlar og‘ir texnika va transport vositalari tufayli sodir bo‘ladi.

Metallurglar - 100 000 ishchiga 32 o‘lim

Ha, bu kasb egalari ham xavfli kasblar reytingiga kiritilgan. Ishchilar ko‘pincha zinapoyaga ko‘tarilish paytida tasodifiy sirpanish va yiqilishlar tufayli shikast yeydi. Tasodifiy xatolar odatda e’tiborsizlik tufayli yuzaga keladi.

Konchilar - 100 000 ishchiga 22 ga yaqin o‘lim

Bu kasb egalarining og‘ir tan jarohati olishi va ba’zida o‘limga olib keladigan holatlar og‘ir mashinalar, texnika, uskunalar hamda inson omili tufayli sodir bo‘ladi.

Qishloq xo‘jaligi xodimlari - 100 000 ishchiga 21 o‘lim

Fermerlar har kuni o‘zining shundoq ham kiyin ish faoliyatida ko‘pincha shikastlanishlar va o‘limsababchisi bo‘lib qoladigan og‘ir uskunalardan foydalanib keladilar.

B.Muhammadiyeva tayyorladi.