Dunyodagi eng yirik korrupsionerlar

Bu yerda faqat sudda javobgarlikka tortilgan davlatlarning oliy rahbarlari to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Ehtimol, dunyoda hozirda ham erkin yurgan noinsof arboblar ko‘pdir, biroq vaqti-vaqti bilan ular qilmishlari uchun javob beradi.

Nikaragua Aleman Lakayo, Xose Arnoldo

 Lavozimi: Nikaragaua Prezidenti

Ish davri: 5 yil (1997—2002)

Pora miqdori: 100 million AQSh dollari

Самые крупные коррупционеры мира.

Da’volar mohiyati: Davlat hisobidan eng yuqori darajada dam olish maskanlarida dam olish uchun hisob-kitoblar, qobiq kompaniyalar orqali firibgarlik va yaqin munosabatdagi kishilar doirasi orqali boyliklarni chetga olib chiqish.

100 million dollardan atigi 3 millioni qaytarilgan.

Ukraina Lazarenko Pavel Ivanovich

Lavozimi: Bosh vazir Ish davri: 1 yil (1996-1997)

Pora miqdori: 200 million AQSh dollari

Самые крупные коррупционеры мира.

Da’volar mohiyati: Pullarni chetga chiqarish, kontrabanda (davlat chegarasidan yashirincha, boj to‘lamasdan mol o‘tkazish), firibgarlik.

9 million AQSh dollari jarima to‘ladi va 24 million dollarlik boshqa mol-mulkidan ayrildi.

Shveysariya hukumati ma’lum miqdordagi mablag‘ni Ukrainaga qaytarib berdi, lekin mulkchilik tuzilmalarining murakkabligi va boshqa qiyinchiliklar tufayli jarayon hali ham davom etmoqda.

Peru Fuximori Alberto

 Lavozimi: Prezident

Ish davri: 10 yil (1990-2000)

Pora miqdori: 600 million AQSh dollari

Самые крупные коррупционеры мира.

Da’volar mohiyati: To‘g‘ridan-to‘g‘ri pora olish va pora berib o‘z tomoniga og‘dirib olish. Peru razvedka xizmati boshlig‘iga 15 million AQSh dollari pora bergan paytda hibsga olingan. Hokimiyat uzurpatsiya (hokimiyat yoki birovning huquqini qonunga xilof ravishda tortib olish) qilinishiga qaramay, u aholi tomonidan 73 foizga yaqin qo‘llab-quvvatlash yuqori reytingiga ega edi.

Taxminan 180 milllion AQSh dollarini qaytarishga erishildi.

Serbiya, Yugoslaviya Miloshevich Slobodan

Lavozimi: Prezident Ish davri: 13 yil (1997—2000)

Pora miqdori: 1 milliard AQSh dollari atrofida

Самые крупные коррупционеры мира.

Da’vorlar mohiyati: Davlat kompaniyalarini sotish orqali noqonuniy boylik orttirish. Yaqin munosabatdagi kishilar orqali pullarni chetga chiqarish, o‘zlashtirish (shuningdek qotillik, siyosiy, irqiy va diniy sabablarga ko‘ra ta’qib qilish).

Korrupsiya va harbiy jinoyatlarni isbotlashning iloji bo‘lmadi, ish 2006 yilda Miloshevichning o‘limi sababli yopildi. Miloshevich umuman aybsiz bo‘lgani ham ehtimoldan xoli emas.

Nigeriya Abacha Sani

Lavozimi: prezident

Ish davri: 5 yil (1993-1998)

Pora miqdori: 2-5 milliard AQSh dollarigacha

Самые крупные коррупционеры мира.

Da’volar mohiyati: Pora olish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xazinadan o‘g‘irlik. Ishonchli sheriklar orqali kapitallarni chetga chiqarish.

Oddiy askarlikdan general unvoni olguncha xizmat qildi. Mamlakatdagi barcha hokimiyatlarni mutlaqo egallab oldi, uning kuchi sudlardan ham yuqori edi. Shunga qaramay, u ham ba’zi yutuqlarga erishdi, tashqi qarz va inflyasiyani kamaytirdi, oltin-valyuta zaxiralarini 0,5 milliard dollardan 10 milliard dollarga yetkazdi.

2,5 milliard AQSh dollarini qaytarishga erishildi.

Indoneziya Muhammad Suxarto

Lavozimi: prezident

Ish davri: 31 yil (1968-1998)

Pora miqdori: 15-35 milliard AQSh dollari

Самые крупные коррупционеры мира.

Da’volar mohiyati: Qobiq kompaniyalar orqali firibgarlik va yaqin sheriklar doirasi orqali kapitallarni olib chiqish, tizimli korrupsiya.

Shunga qaramay,u mamlakatning aholi jon boshiga YaIMni 5 barobar oshirishga muvaffaq bo‘ldi, qashshoqlik 45 foizdan 10 foizgacha, umr ko‘rish davomiyligi esa 47 yoshdan 70 yoshgacha oshdi.

Suxartoning biografi Robert Elsonning aytishicha “Korrupsiya "McDonald’s yoki Subway kabi yaxshi boshqariladigan tizim bo‘lib qolgan edi. Hamma kimga qancha to‘lash kerakligini bilardi. Suxarto poraxo‘rlikning chuqurligi yoki kengligini o‘ylab topmagan. Uning qilgan ishi, hech kim qila olmaydigan darajadagi manipulyasiya edi, xolos”.

360 million AQSh dollari qaytarilishiga erishildi.

***

Natija: Ko‘rib turganimizdek, hatto fuqarolar farovonligining o‘sishi ham aql bovar qilmaydigan darajadagi o‘g‘irliklarni bekor qila olmaydi, ko‘pincha faqatgina xalq noroziligini yumshatadi, bu esa hukmdorga uzoq vaqt hokimiyat boshida qolishga va yanada boyib ketishiga imkon beradi. Ko‘p hollarda bu to‘ntarish yoki diktatorning o‘limi bilan tugaydi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.