Dunyodagi o‘rganilishi qiyin bo‘lgan tillar

Tasavvur qiling-a, har bir harfi alohida rasmgrammatik qoidalari esa shamol esishiga qarab o‘zgaradigan biror bir kitobni qo‘lga oldingiz. Yo‘q, bu dahshatli ssyenariy emas - sayyoradagi eng qiyin tillarni o‘rganishni zimmasiga olganlar uchun haqiqiy sinov.

Ba’zi tillar minglab iyerogliflarni yodlashni talab qiladi, boshqalari tuslanishi bilan chalg‘itadi, uchinchisi esa hatto ayg‘oqchilar to‘g‘risidagi romanlarda shifrlangan kodga o‘xshaydi.

Quyida, hatto poliglotlar ham neyronlar mashaqqati deb ataydigan tillar keltirilgan.

Xitoy tili

Uning iyeroglif tizimi 50 000 dan ortiq belgilarni o‘z ichiga oladi, lekin asosiy savodxonlik uchun kamida 3000 tasini bilish lozim. Har bir iyeroglif shunchaki harf emas, balki so‘z ma’nosini o‘zgartiradigan ohanglarga ega mini-hikoyadir. Masalan, “ma” talaffuzning ohangiga qarab “ona”, “ot” yoki “koyish” ma’nolarini bildirishi mumkin.

Bu yerda yozuv san’atga o‘xshaydi: bitta noto‘g‘ri chiziqcha do‘st”ni cho‘chqaga aylantiradi. Bunga alifbo va fe’l zamonlarining yo‘qligini qo‘shsangiz, nima sababdan xitoy tili «Tillar Everesti» deb nomlanishiga javob olganday bo‘lasiz.

Arab tili

Uning murakkabligi yozuvdan boshlanadi: unlilar ko‘pincha o‘tkazib yuboriladigan va o‘ngdan chapga o‘qilishi kerak bo‘lgan yozuvda harflar so‘zdagi joylashuviga qarab shaklini o‘zgartiradiFe’llarda 13 ta tuslanish mavjud, otlarda esa uchta kelishik va uchta son bor. Ammo asosiy qiyinchilik - bu dialektlar bo‘lib, Qohiradagi salom sadosi Dubayda tushunilmay qoladi. Arab yozuvi nafaqat til, balki madaniy kod hamdir: yozuvdagi xatolik butun bir xalqni xafa qilib qo‘yishi mumkin.

Venger tili

Unda 18 ta kelishik (taqqoslash uchun rus tilida oltita) bor. Masalan, «uy ichida» demoqchi bo‘lsangsiz? «-ban» bilan tugaydigan so‘zga tayyor turing. «Uy tomon» yo‘nalishini ko‘rsatishingiz kerakmi? Unda «-hoz». Yoki agar biz «uy orqali» harakat haqida gapiradigan bo‘lsak, «-n keresztül» so‘z yasovchi qo‘shimchasi qo‘shiladi.

Fe’llar ham qolishmaydi: ular shaxslar, sonlar, zamonlar va kayfiyatlarga qarab o‘zgaradi, shuningdek, aniq va noaniq narsalar uchun alohida shakllar mavjud. Vengerlar o‘z tili haqida sirlarni hech kim bilib qolmasligi uchun o‘ylab topilgan, deb hazillashadi.

Tabasaran tili

Dog‘istonning tub xalqlari gapiradigan tillar sonini aniq sanab bo‘lmaydi. Ulardan faqat 14 tasida yozuv bor. Har bir ot 50 tagacha shaklga ega bo‘lishi mumkin va fe’llar shaxs, son, zamon va jihatga ko‘ra farqlanadi. Ginnesning rekordlar kitobi Tabasaran tilini 48 ta kelishik uchraydigan dunyodagi eng murakkab til sifatida qayd etadi.

Bu ham hammasi emas: tabasaran tilining boshqa kishi mashg‘ulotsiz takrorlay olmaydigan, masalan, yiqilish paytida gapirishga urinishni eslatuvchi bo‘g‘iz nutqi kabi o‘ziga xos tovushlari bor.

***

Ehtimol, murakkabligiga qaramay bu tillar nafaqat aloqa vositasi, balki an’analarni begona ko‘zlardan himoya qiladigan madaniyat kaliti bo‘lganligi sababli saqlanib qolingandir. Yoki inson miyasi qiyinchiliklarni yaxshi ko‘rgani uchundir. Nima bo‘lsa ham, fakt faktligicha qolmoqda: ularni o‘zlashtirish lingvistika bo‘yicha olimpiadada g‘olib bo‘lish bilan barobardir.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.