Dunyodagi voqealar qiska satrlarda...
🔻 Rossiyaning Xarkov oblasti Groza qishlog‘ini o‘qqa tutishi oqibatida kamida 51 kishi halok bo‘lgan, 6 kishi jarohatlangan. Halok bo‘lganlar orasida bolalar ham bor. Otishma vaqtida qishloq kafesida dafn marosimi bo‘lganligi sababli ko‘p odam to‘plangan. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hujumni "qasddan terror hujumi" va "shafqatsiz Rossiya jinoyati" deb atadi.
🔻 Qirg‘izistonda "mamlakatda eng qudratli jinoiy guruh rahbari" Kolya Kirgiz (Qamchi Asanbek) Bishkek markazida o‘tkazilgan maxsus operatsiya chog‘ida o‘ldirilgan.
🔻 Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tarkibi Suriyaning markaziy qismidagi “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi pozitsiyalarini egallashmoqda. Vagnerchilar Suxna va boshqa joylarda o‘z pozitsiyalaridan chiqib ketgach, ularda Eron harbiylari joylashgan.
🔻 Nigerda joylashgan fransuz qo‘shinlari bir hafta ichida Afrika mamlakatini tark eta boshlaydi.
🔻 Suriyaning Xoms shahridagi harbiy kollejga qilingan dronlar hujumi oqibatida qariyb 100 kishi, jumladan 6 nafar bola halok bo‘lgan, 240 kishi jarohatlangan. Hujum harbiy xizmatchilar va ularning yaqinlari ishtirok etgan bitiruv marosimi vaqtida sodir bo‘lgan. Marosimda Suriya Mudofaa vaziri Ali Mahmud Abbos ham ishtirok etgan. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, u dron hujumidan bir necha daqiqa oldin tadbirni tark etgan. Suriya hukumati qurbonlar xotirasiga uch kunlik motam e’lon qilgan.
🔻 Qozog‘istonda jinoiy guruhlarni keng ko‘lamli qo‘lga olish operatsiyasi o‘tkazilmoqda. Operatsiya respublika Milliy xavfsizlik qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuratura hamkorligida amalga oshirilmoqda.
🔻 Vladimir Putin tergov ma’lumotlariga tayanib, tadbirkor Yevgeniy Prigojinning samolyotiga hech qanday tashqi ta’sir bo‘lmagani, jasadlarda granata bo‘laklari topilgani, shuningdek, Prigojin kompaniyasining Sankt-Peterburgdagi ofisidan 10 milliard rubl naqd pul va besh kilogramm kokain topilganini aytdi.
🔻 Keniyalik 100 dan ortiq maktab o‘quvchi-qizlar sirli kasallik bilan kasalxonaga yotqizilgan. Ularning oyoqlari falaj bo‘lib qolgan, ayrimlari harakat qilishda qiynalmoqda. Dastlabki qon tekshiruvlari o‘quvchilarda elektrolitlar darajasi oshgani, ya’ni tanada suyuqlik yo‘qolayotganini ko‘rsatgan.