Dunyodagi voqealar qisqa satrlarda
🔻"Isroil janubida, G‘azo sektori bilan chegarada jangovar harakatlar davom etyapti". So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, HAMASning siyosiy rahbarlaridan biri Yahyo Sinvar yo‘q qilingan.
🔻 Isroil Falastin anklaviga oziq-ovqat, yoqilg‘i va elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatib, G‘azo sektorini to‘liq blokada qilishni rejalashtirgan.
🔻 Isroil shekeli Yaqin Sharqda mojaro avj olgan bir paytda AQSh dollariga nisbatan deyarli 8 yil ichidagi eng past darajaga tushib ketdi.
🔻 Afg‘onistonda 7 oktyabr kuni ro‘y bergan zilzila qurbonlari soni 2000 dan oshdi. Bu so‘nggi yigirma yil ichida mamlakatda sodir bo‘lgan eng halokatli zilzila deb baholanmoqda.
🔻 Buyuk Britaniyadagi ob-havo yilning bu fasli uchun juda issiq keldi. Britaniya poytaxti va boshqa shaharlarda havo harorati mavsumiy ravishda Selsiy bo‘yicha 25 darajagacha ko‘tarildi va ko‘tarilishda davom etmoqda.
🔻 Amerika Qo‘shma Shtatlarida ko‘p qavatli binodan olingan tozalangan kanalizatsiya suvi yordamida pivo tayyorlandi. Shu tariqa ishlab chiqaruvchilar suv resurslarini qisqartirish muammosiga e’tibor qaratishga va ularni tejash yo‘llarini taklif qilishga harakat qilmoqdalar. Kanalizatsiya uch bosqichda tozalashdan o‘tadi, shundan so‘ng uning sifati jo‘mrakdagi ichimlik suvidan qolishmaydi. Qayta ishlangan oqava suvdan foydalangan holda pivo tayyorlash sayyoramizning suv resurslarini tejashning bir usuliga aylanishi mumkin.
🔻 Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti ayollar mehnati tadqiqoti uchun berildi. U amerikalik Klaudiya Goldinga topshiriladi.
🔻 Turk lirasi dollarga nisbatan tarixiy eng past ko‘rsatkichini yangiladi, turk pul birligining qiymati bir dollar uchun 28 liradan oshdi.
🔻 NATOga a’zo davlatlar, AQShdan tashqari, 2023 yilda harbiy xarajatlarini 2022 yilga nisbatan 8,3 foizga oshirmoqchi.