Ekologiya boshqarmasi: Murojaatlarning faqat 30 foizi ijobiy hal etilgan
- 19.03.2022 10:25
- 90
- Jamiyat
Viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmatiga ko‘ra, endilikda tizimda o‘rganilgan murojaatlar bo‘yicha «maslahat berildi» degan so‘z ishlatilmaydi.
Chunki keyingi vaqtlarda soha bo‘yicha tashkilotga viloyat fuqarolari tomonidan 80 dan ortiq murojaatlar kelib tushgan bo‘lsa, shundan bor yo‘g‘i 30 foiz qismi ijobiy hal etilgan. Shu sababdan boshqarma rahbariyati tomonidan tizimdagi barcha mutasaddilarga murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha topshiriq berilgan.
Ma’lum qilinishicha, xozirda o‘rganilgan 41 ta murojaatlar qaytadan o‘rganish uchun yo‘naltirilgan.
Shuningdek, respublikamiz bo‘ylab ov mavsumi tugatilganligi munosabati bilan joylarda 24 soatlik kuchaytirilgan nazorat postlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa