Ekologlar Yevropadagi yirik daryolardan ishlatib tashlab yuborilgan niqob va qo‘lqoplarni “tutishdi”
- 14.07.2020 10:01
- 54
- COVID-19
Yevropaning 7 ta daryosida ishlatib tashlab yuborilgan niqob va qo‘lqoplar topildi. Mutaxassislar ushbu hodisani koronavirus tarqalishi bilan bevosita bog‘lashmoqda. Bu haqda Tara Ocean suv zaxiralari fondi monitoringi vakili Roma Xetinger ma’lum qildi.
Mutaxassis aynan qaysi suv havzalari to‘g‘risida so‘z borayotganiga aniqlik kiritmadi. Biroq mazkur fond Temza, Elba, Reyn, Sena, Ebro, Rona, Tibr, Garonna va Luara kabi daryolarni nazorat qiladi.
Xetingerning so‘zlariga ko‘ra, iyun oyida suv havzalarida tadqiqot olib borgan mutaxassislar muntazam “suzib yurgan” himoya vositalariga duch kelishgan. Ular okeanlarda yirik hajmdagi chiqindi orollarining paydo bo‘lishi koronavirus tarqalishi xavfini oshirishini ta’kidlashmoqda.