El-Nino qaytmoqda

El-Nino nima? U qanaqa hodisa?

Bu tabiat hodisasi. Tinch okeani o‘rta qismida ekvator oralig‘i va 12 daraja janubiy kenglik hamda 180-120 daraja ko‘lamda g‘arbiy uzoqlikda harorat ortishi bilan namoyon bo‘ladi. Harorat har holda suvni qaytish darajasida issiq bo‘lmasa-da, ancha seziralidir.

Ushbu isigan ulkan suv massasi Sharqiy Osiyo va Avstraliya, Amerika qit’asi shimoliy hamda janubiy hududlari ob-havosiga ta’sir qiladi. Janubiy Amerika va Avstraliyada hatto mahalliy aholi tushiga ham kirmagan qurg‘oqchilik  ro‘y beradi. Hayvonlar, qushlar qiriladi, hosil tag-tugi bilan quriydi. Shundoq ham yashil qit’ada kam bo‘lgan suv manbalari, ayniqsa markaziy qismda yo‘qoladi.

 Markaziy Amerika va Shimoliy Amerika janubiy qismini mutlaqo bir-biriga zid iqlim o‘zgarishi kutyapti, ammo uning oqibati yaxshilikka olib kelmaydi. U joylarda jala boshlanadi. Bu shunchaki yomg‘ir yog‘ishi emas, u uzoq davom etadigan yog‘ingarchilik bo‘lib, tuproqni yuvib, tog‘-toshlardan daryolarga loyqa oqizadi vaqirg‘oqlardan toshadi.

Ichimlik suv tanqisligiga sabab bo‘ladi. Bu ofatlarga yuqumli kasalliklar, vabo, bezgak va boshqalar qo‘shiladi, mablag‘, dori-darmon yetishmovchiligi  boshlanadi, suv ostida qolgan hududlarda yetib borishning iloji qolmaydi, yaqin atrofdagi kasalxona va tibbiy punktlarni loyqa suv vayron qiladi.

 

 

 El-Nino kelishini Tinch okeanida o‘rtacha harorat 0,5-0,8 daraja ko‘tarilishiga qarab, bir necha oy avval ogohlantirish mumkin. Ammo bu ofat - oldini olish uchun kam muddat. 1996 yilda ushbu hodisa 23 ming kishining yostig‘ini quritdi. 2016 yilda El-Nino Paragvay, Urugvay va Argentinani suv ostida qoldirib, 100 minglab odamlarni ko‘chirishga majbur etdi.

Hindiston va Bangladyeshda vabo tarqalishiga sabab bo‘ldi. Venesuela va Argentina bezgakdan jabr ko‘rdi.

Endi 2024 yilda nima bo‘ladi, degan savol tug‘iladi. O‘tgan yili may oyida iqlimshunoslar Tinch okeani o‘rtasida harorat oldingi yildagidan sezilarli ko‘tarilgani haqida ogoxlantirishgan edi. Bu degani El-Nino shiddat bilan kelyapti va oqibati avvalgilaridan ancha ayanchli bo‘ladi, degani 2024 yilda biz yuqorida eslatgan mamlakatlar aholisi va qit’alar uning zarbasini yana ta’tib ko‘rishadi. Avstraliyaliklar hozirdanoq qirg‘oqchilikka duchor bo‘lib, yong‘inga qarshi kurashga tayyorlanishyapti. Hindiston va Markaziy Amerika iloji boricha dori-darmon g‘amlayapti. G‘arbiy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari shiddatli tufon, suv toshqinlari, qor bo‘ronlarini boshdan kechiryapti.

El-Nino ilgari insoniyatga bunchalik quturib tahdid solmagandi.

T.Shomurodov tayyorladi.