Elektr iste’moli uchun yig‘ilgan pullarni o‘zlashtirgan mansabdor shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Majburiy ijro byurosi Samarqand shahar bo‘limi tomonidan elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan iste’molchilarning shaxsiy hisob-varaqasiga kiritilgan to‘lovlarning qonuniyligi o‘rganildi.
Aniqlanishicha, Samarqand shahar elektr tarmoqlari korxonasi va Nurobod tumani elektr tarmoqlari korxonasining “Elektrhisob” dasturidagi 22 mln. 837 ming so‘m mablag‘ni Samarqand shahar hududida yashovchi fuqarolar Ye.Karaleva va boshqalarning nomiga ochilgan “Elektrhisob” dasturidagi shaxsiy hisob-raqamlariga 2019 yilning mart, aprel va may oylari uchun o‘tkazib berib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilingan.
Mazkur holat yuzasidan Majburiy ijro byurosi Samarqand shahar bo‘limi tomonidan Samarqand shahar va Nurobod tuman elektr tarmoqlari korxonalari mansabdor shaxslariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 167-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Samarqand shahar prokuraturasiga yuborildi.
Majburiy ijro byurosi Samarqand shahar bo‘limi.