Emmanuel Makron ikkinchi muddatga o‘z nomzodini qo‘yadi
- 04.03.2022 16:17
- 27
- Xorij
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ikkinchi muddatga prezidentlik saylovida o‘z nomzodini qo‘yish niyatini rasman ma’lum qildi. Bu haqda Fransiya OAVlari tomonidan chop etilgan maktubda ma’lum qilingan. Davlat rahbari bir hafta oldin rasmiy qadam boshlashi kutilgan edi, biroq tashqi siyosiy vaziyat bunga to‘sqinlik qildi.
So‘rovlarga ko‘ra, amaldagi prezidentning reytingi so‘nggi paytlarda sezilarli darajada oshgan va hozirda saylovchilarning 27-28 foizi unga ovoz berishga tayyor: bu raqiblardan ancha ustunligini anglatadi.
Barcha zarur hujjatlar juma kuni soat 18:00 gacha topshirilishi kerak. Dushanba kuni Respublika Konstitutsiyaviy kengashi ro‘yxatga olingan nomzodlarning yakuniy ro‘yxatini e’lon qilishi kerak.
Hozirgacha 40 kishi Yelisey saroyi uchun kurashish istagini e’lon qilishdi, biroq ba’zilari kerakli miqdorda imzo to‘play olmagani uchun «poyga»dan tushib qolgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa