Eng uzoq davom etgan telefondagi suhbat: u qancha vaqt davom etgan?

Eng uzun telefon orqali gaplashuv bo‘yicha rekord 2012 yilda o‘rnatilgan. O‘shanda suhbat 43 soatdan oshib ketgan.

Shundan so‘ng Latviyaning “SponsorKing” reklama agentligi va “Tele2 Communications” taniqli aloqa operatori tomonidan oldingi jahon rekordini yangilash maqsadida tanlov e’lon qilinadi.

Tadbirda ishtirok etish uchun to‘rt jasur - Leonid Romanov va Tatyana Fedorova, shuningdek, Patrik Zvaygzne va Kristaps Stals juftliklari talabgor bo‘lib chiqadi. Aytish kerakki, rekordni yangilash oson kechmaydi.

Natijada latviyaliklar bir-birlari bilan 54 soatu 4 daqiqa davomida suhbatlashadi. Ular suhbatni davom ettirishga tayyor edi, biroq, tadbir ishtirokchilarning ahvolidan jiddiy xavotirga tushgan tashkilotchilar tomonidan to‘xtatiladi.

Mukofot sifatida g‘oliblarga besh ming dollar topshiriladi.

Natija, albatta, “Ginnesning rekordlar kitobi”ga kiritiladi.