Eng uzoq qamoq muddatlari. Ular kimlarga va nima qilmishi uchun berilgan?

Qamoq muddatini tayinlashda jazolarni qo‘shib hisoblash tamoyili dunyoning ko‘plab mamlakatlarida mavjud. Agar shaxs bir nechta jinoyat sodir etgan bo‘lsa, ularning har biri uchun jazo muddati qo‘shib umumlashtiriladi. Shu sababli sudlar jinoyatchiga jismonan o‘ta olishining deyarli imkoni yo‘q jazo muddatlarini tayinlagan holatlar kelib chiqadi.

Masalan, tailandlik firibgar ayol Chamoy Txipyaso “Ginnesning rekordlar kitobi”ga kirdi. 1989 yilda Bangkok sudi yirik bank firibgarliklari uchun u va uning yettita sherigining har biriga 141 078 yildan qamoq jazosi belgiladi.
Bugun e’tiboringizga eng yirik qamoq jazosiga hukm qilingan kishilarni havola etamiz.

Millioner Shmidt — 330 yil

Sarmoyadorlarni aldab boylik orttirgan millioner Shmidt Amerika sud tizimi tomonidan 330 yilga qamalgan. Endi u boyligidan foydalana oladimi? Ehtimol, agar u zindonlarda o‘lmaslik sehrli damlamasini o‘ylab topsa.

Shalom Vays — 845 yil

Pensiya tizimida ishlagan va yuzlab AQSh fuqarolarini talon-toroj qilgan jinoyatchi Shalom Vays avvaliga 2000 yil qamoq jazosini oldi, sud hukmidan norozi bo‘lib shikoyat ariza bergan xizmatchining qamoq jazosi 845 yilga tushirildi. Mana buni afv qilish desa bo‘ladi.

Xuan Korona – 25 umrbod qamoq jazosi

AQShning Kaliforniya shtatidan bo‘lgan Xuan Korona ham shafqatsiz jinoyatchi edi. U o‘zi yollagan 25 nafar yakka tartibdagi ishchining hayotiga zomin bo‘ldi. Ular bir yil davomida uning jahli chiqqan paytda qo‘l ostiga tushgan 25 nafar muhojir edi. Xuan o‘liklarni “ish joyida”, ya’ni dalaning o‘zida dafn qilgan.

Dadli Veyn Kizer — 10 000 yil va 2 umrbod qamoq jazosi

1981 yilda xotinini shafqatsizlarcha o‘ldirgan Dadli Veyn Kizer 10 ming yilga hukm qilindi, keyin qaynonasi va yosh talabani o‘ldirgani uchun bu jazoga yana ikkita umrbod qamoq jazosi qo‘shildi.

Pochtachi - 384 912 yil

1972 yilda bir ishyoqmas pochtachi 384 912 yilga qamaldi. Kimdir bu jazo ommaviy qotillik uchun berilgan deb o‘ylashi mumkin. Aslida unday emas, dangasaligi uchun! Bu odam 4000 dan ortiq xatni manziliga yetkazib bermagan. Haqiqatan ham bu jazo tarixidagi Ispaniya qamoqxona tizimi tomonidan tayinlangan eng yirik "kesilish" bo‘ldi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.