Erdo‘g‘an Ozarbayjon yerlarining Armaniston tomonidan egallab olinishini to‘xtatishga chaqirdi
- 29.09.2020 08:00
- 168
- Xorij
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Ozarbayjon yerlarini Armaniston tomonidan egallab olinishini zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi. Bu haqda Lenta.ru nashri ma’lum qildi.
Turkiya yetakchisi u (Armaniston) bostirib kirayogan Ozarbayjon yerlaridan zudlik bilan ketishi kerakligini ta’kidladi. Erdo‘g‘an hududiy muammolarini hal qilish uchun 30 yil kutgan Ozarbayjon endi mustaqil harakat qilayotganini qo‘shimcha qildi.
“Armaniston tomonidan egallab olingan Ozarbayjon yerlarini zudlik bilan ozod etish mintaqada tinchlik va barqarorlik o‘rnatishga yo‘l ochadi”, dedi Erdo‘g‘an.
Avvalroq Armaniston hukumati Qorabog‘ mojarosi hududidagi jangovar harakatlarda Turkiya bevosita ishtirok etayotganini va Suriyadagi xorijiy yollanma askarlarni Ozarbayjonga jo‘natayotgani haqida xabar berdi. Biroq rasmiy Boku bunday ayblovlarni rad etdi.