Erdo‘g‘an: Turkiya har doim Gretsiya bilan muzokaralar olib borishga tayyor

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an sharqiy O‘rta yer dengizidagi burg‘ulash ishlari sababli yuzaga kelgan kelishmovchilikni hal qilish uchun Gretsiya Bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis bilan muzokaralar o‘tkazishga rozi ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda 18 sentyabr kuni Lenta.ru nashri ma’lum qildi.

“Biz har doim muzokaralarga tayyormiz. Hatto vositachilar yoki videomuloqot yordamida bo‘lsa ham”, deb ma’lum qildi Turkiya rahbari. Shu bilan birga, u agar Gretsiya o‘ziniki to‘g‘ri ekanligida turib olsa, “bunday muzokaralar foydasiz ekanligini” ta’kidlab o‘tdi.

Avvalroq Yevropa Ittifoqi sharqiy O‘rta yer dengizida amalga oshirayotgan burg‘ulash ishlari sababli Turkiyaga nisbatan sanksiyalar joriy etilishi bilan tahdid qildi. Agar Turkiya tomonidan vaziyatga o‘zgarish kiritilmasa, 24 sentyabr kuni Anqaraga nisbatan qo‘shimcha choralar tayyorlanishi haqida ma’lum qilindi.