Eron Prezidenti: Mamlakatning deyarli yarim aholisi COVID-19 bilan kasallanishi mumkin
- 19.07.2020 09:28
- 143
- COVID-19
Hasan Ruhoniyning ushbu ma’lumoti haqida RIA Novosti xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron koronavirusning ikkinchi to‘lqinini boshdan o‘tkazmoqda.
“Keyingi oylarda 30 milliondan 35 milliongacha bo‘lgan aholi koronavirus infeksiyasini yuqtirib olishi mumkin”, ta’kidladi Ruhoniy.
Shu bilan birga, Prezident rasmiy statistikadan tubdan farq qiluvchi kasallik yuqtirganlar va vafot etganlar haqidagi ma’lumotni keltirib o‘tdi. Mamlakat Prezidentining so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda 25 million odam koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan. Ushbu ko‘rsatkich rasmiy ma’lumotlardan 93-95 marta ko‘p.
Prezident matbuot kotibi Alirezo Moyezi ma’lumotga aniqlik kiritdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu ma’lumot “taxminiy baholash ssenariylaridan” biridir.