Eron prezidenti Trampni qotillikda ayblab hibsga olishni talab qildi

Eron prezidenti Ibrohim Raisi AQShning sobiq yetakchisi Donald Trampni “Al-Quds” maxsus kuchlari boshlig‘i, general Qosim Sulaymoniyni o‘ldirganlikda ayblab, hibsga olishga chaqirdi, deb yozadi “TASS”.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, mitingda Raisi AQSh rahbari va Davlat departamenti rahbari Maykl Pompeoni jinoyat uchun hibsga olishni talab qilgan. "Agar adolat g‘alaba qozonmasa, Eron xalqidan qasos kuting", deb ta’kidladi Eron prezidenti. U Sulaymoniyni o‘limidan so‘ng “zaminni egallagan dushmanlarga qarshilik ko‘rsatish maktabi”ni qoldirgan buyuk sarkarda deb atadi.

Avvalroq Al-Quds bo‘linmasi qo‘mondoni brigada generali Ismoil Kaani Sulaymoniy uchun qasos AQShni to‘satdan o‘z hududida tutishi mumkinligi haqida ogohlantirgandi. Eron generali Tramp va suiqasdda ishtirok etgan boshqa shaxslarga murojaat qilar ekan, ular jinoyatidan keyin “maishatda yashay olmasligini” ta’kidladi.

Sulaymoniy 2020 yilning 3 yanvarida Bag‘dodda AQShning raketa hujumi oqibatida halok bo‘lgan edi. General bilan birga unga hamrohlik qilgan bir necha ofitser va Iroq shia militsiya qo‘mondoni o‘rinbosari Abu Mahdi al-Muhandis ham halok bo‘ldi.