Eron xotin-qizlar maktablarida ommaviy zaharlanish: Bu qanday sodir bo‘lgan?

Eronda o‘tgan yilning noyabr oyidan boshlab xotin-qizlar maktablarida ketma-ket zaharlanish holatlari kuzatildi. Birinchi holatlar Isfaxon Texnologiya universitetidagi ko‘cha namoyishlari vaqtida qayd etilgan, keyin o‘xshash holatlar boshqa universitet va maktablarda ham sodir bo‘lgan. O‘qish boshlanganidan buyon oliygoh va kollejlarda jami 600 dan ziyod zaharlanish holati qayd etilgan.

Sabablari hali aniq tushuntirilmagan zaharlanishdan jabr ko‘rgan o‘quvchilarda lanjlik, tomoq achishi va bosh aylanishi kabi alomatlar bo‘lgan.

Zaharlanish dastlab Qum shahrida qayd etilgan. Bu Eronning aholi soni bo‘yicha yettinchi yirik shahri bo‘lib, u yerda milliondan ortiq odam yashaydi. Keyin shunga o‘xshash holatlar boshqa shaharlarda ham kuzatilgan.

“Sharq” gazetasiga bergan intervyusida imom Muhammad Taqi Fozel Meybodiy “zaharlanishlar ortida “Xezarexgara” guruhi turgani va “ular buni qasddan sodir etgan”, degan fikrni aytgan. Konservativ diniy guruh qizlar faqat uchinchi sinfgacha o‘qishi yoki umuman maktabga bormasligi kerak deb hisoblaydi.

Eron hukumati zaharlanish sabablarini yashiryaptimi?
Aniq ma’lumot bo‘lmaganligidan ommaviy zaharlanish sababi haqida taxminlar davom etmoqda.

Avj olgan "sirli zaharlanish" maktab binolariga noma’lum gaz purkalishi natijasida ro‘y bergani haqida ma’lumotlar tarqaldi.

Islomiy Kengash a’zosi Ahmad Amirobodi Farahoniyning ta’lim vaziriga iqtibos keltirishicha, zaharlanish manbai maktab isitish tizimlarida “ammiak gazi” yutilishi bo‘lgan. Ta’lim bo‘limi boshlig‘i Yusuf Nuri esa "Ammiak gazi sabab bo‘lganmi, boshqami, tekshirish imkoniga ega bo‘lmasak-da, bu voqea yuzasidan turli versiyalar urchib ketmoqda" deya ta’kidlagan.

Joriy yilning 14 fevralida Eron OAV tomonidan zaharlanish alomatlari bilan kamida 117 nafar talaba Qumdagi kasalxonaga yotqizilgan. Shu kuni Tehrondagi maktablarning birida 30 ga yaqin o‘quvchi zaharlangani haqida xabar tarqaldi. Ta’lim xodimlarining aytishicha, “qiziquvchanlik” sabab sinfda “insektitsid purkagich” sepilishi zaharlanishga olib kelgan.