Eronning bugun, 5 avgust kuni Isroilga hujum qilish ehtimoli borligi ma’lum qilindi

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken G7 mamlakatlaridagi hamkorlarni Eron va "Hizbulloh" tomonidan Isroilga bugun boshlanishi mumkin bo‘lgan hujum haqida ma’lum qildi. Bu haqda  Axios portali manbalarga tayanib xabar bermoqda.

"Blinken, AQSh hujum qachon boshlanishini aniq bilmasligini aytdi, ammo ular kelasi 24-48 soat ichida, ya’ni manbalarga ko‘ra, dushanba kuni boshlanishi mumkinligini ta’kidladi", deb yozadi gazeta.

Axios manbalarining ta’kidlashicha, davlat kotibi ittifoqchilar bilan muvofiqlashtirish va Eron hamda "Hizbulloh"ga diplomatik bosim o‘tkazish uchun konferensiya chaqirib, oqibatlarni iloji boricha "minimallashtirish"ga harakat qilmoqda. Blinken boshqa davlatlar tashqi ishlar vazirlarini Eronga diplomatik bosim o‘tkazishga chaqirdi.

News Arabia telekanali G‘arb razvedka ma’lumotlariga tayanib, Eron 12-13 avgustda o‘tadigan Tisha be-Av – yahudiylarning motam va qayg‘u kunida Isroilga hujum qilishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan.

Isroil Quddus hududida yetakchilar uchun bunker tayyorlagan.