Ertaga «Dinamo»chilar yaponiyalik futbolchilarga qarshi to‘p suradi
- 02.04.2019 21:17
- 246
- Sport
Samarqand xalqaro aeroportida Yaponiyaning 18 yoshgacha bo‘lgan yosh futbolchilaridan tashkil topgan «Vanfore Kofu» («O‘rmon shamoli») futbol jamoasi viloyatimizning keng jamoatchilik vakillari, «Dinamo» futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari hamda futbol muxlislari tomonidan iliq kutib olindi.
Shuningdek, jamoa bilan 200 nafardan ortiq yaponiyalik futbol ishqibozlari va sayyohlar ham kelishdi. Mehmonlar Samarqandning diqqatga sazovor joylarini tomosha qilishadi.
Eslatib o‘tamiz, ertaga 3 aprel soat 11:00 da «Dinamo» markaziy o‘yingohida «Vanfore Kofu» (Yaponiya) jamoasi bilan «Dinamo» futbol akademiyasining yosh futbolchilari o‘rtasida xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Husan ELTOYEV.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa