Yevropa davlatlaridan AQSh hududiga kirish taqiqlandi
- 12.03.2020 17:57
- 123
- Xorij
AQSh Prezidenti Donald Trampning Yevropa davlatlari hududidan kirish taqiqi to‘g‘risidagi qarori so‘nggi 14 kun davomida Shengen hududida bo‘lib AQSh hududiga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolar uchun amal qiladi. Bu haqda AQSh ichki xavfsizlik vazirligi xabar qildi.
Dastlab Tramp koronavirus tufayli kirish taqiqi 13 mart juma kunidan kuchga kirishini va o‘ttiz kun davom etishini ma’lum qildi.
Vazirlik bayonotida taqiq qo‘yilgan mamlakatlarga aniqlik kiritilgan: Avstriya, Belgiya, Chexiya, Daniya, Estoniya, Finlyandiya, Fransiya, Germaniya, Gretsiya, Vengriya, Islandiya, Italiya, Latviya, Lixtenshteyn, Litva, Lyuksemburg, Malta, Niderlandlar, Norvegiya, Polsha, Portugaliya, Slovakiya, Sloveniya, Ispaniya, Shvetsiya, Shveysariya.
Mazkur qaror AQShda qonuniy muqim istiqomat qiluvchi maqomiga ega shaxslar, yaqin qarindoshi AQSh fuqarosi bo‘lgan shaxslar va ayrim boshqa shaxslar uchun amal qilmaydi.