Yevropa jazirama issiqlar bo‘yicha rekord qo‘yishda davom etmoqda
- 27.06.2019 11:19
- 172
- Xorij
Iyun oyining oxirida Yevropa qit’asidagi turli mamlakatlar jazirama issiq bo‘yicha rekordlarni yangilayapti. Oyning oxirigacha havo harorati bundan ham issiq bo‘lishi kutilmoqda.
Turli mamlakatlarda televideniye, radio va OAV orqali odamlarga lozim bo‘lmasa kunduzi ko‘chaga chiqmaslik tavsiya etilmoqda.
Germaniya milliy metereologiya agentligi allaqachon iyun oyi uchun jazirama issiq bu mamlakatda 38.6 gradusga chiqib avvalgi rekordni quvib o‘tganini ma’lum qildi.
Olimlarning xulosalariga ko‘ra, iqlim o‘zgarishlari tufayli bundan buyog‘iga yozda jazirama issiq bo‘lishi odatiy hol bo‘ladi. Ular yevropaliklarni bundan keyin hozirgidan ham qattiqroq issiq ob-havolar bo‘lishiga tayyor turishga chaqirmoqdalar.
Teglar:
Yevropa