Farrux Soxibov «Taraqqiyot» Respublika tanlovi g‘olibi bo‘ldi
- 27.07.2019 11:45
- 345
- Samarqand

Viloyat hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi bosh mutaxassisi Farrux Soxibov istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish bo‘yicha o‘tkazilgan «Taraqqiyot» respublika tanlovining final bosqichi g‘olibi bo‘ldi.
Farrux Soxibov tanlovda «Davlat va jamiyat boshqaruvi sohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi», deb e’tirof etildi.
Tanlovda ishtirok etish uchun maxsus veb-portalda respublika bo‘yicha 8334 nafar talabgor ro‘yxatdan o‘tib, so‘rovnoma to‘ldirdi. Shulardan 3825 nafar ishtirokchi tanlovda ishtirok etishga tavsiya etildi.
Final bosqichida 16 nominatsiya bo‘yicha g‘olib deb topilgan ishtirokchilar eng kam ish haqining 50 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Teglar:
tanlov
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
“Islohotlar shtabi” hududlar istiqbolini belgilaydimi?
- 40 daqiqa avval
- Iqtisodiyot
Mustaqillikka 34 yil: Farovonlik manzaralari
- 45 daqiqa avval
- Jamiyat
Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashiladi
- 2 soat avval
- Jamiyat