Fransiyadagi saylovlarda 32 foiz saylovchi qatnashdi

Bu nomzodlarga nisbatan sovuqqonlikmi yoki siyosiy beparvolik? Balki pandemiyada davom etgan kurashdan horg‘inlik sababdir. Ammo Fransiyadagi mintaqaviy saylovlarning birinchi bosqichida ovoz berish darajasi juda past: atigi 32 foizni tashkil etdi.

Prezident Emmanuyel Makronning markazchilari mintaqalarda 10 foizdan ko‘proq ovoz to‘play olmagan holda to‘rtinchi o‘rinni egallashdi. Eng yaxshi natijalar o‘ng qanot respublikachi – markazchilarda bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinda - Marin Le pen uyushmasi, uchinchida - sotsialistlar.

Le Penning yanada yaxshi natijaga erishishi taxmin qilingan edi, ammo uning qo‘llab-quvvatlanishi 9 foizga kamaydi – ehtimol, buning sababi o‘ta o‘ng ovoz beruvchilar qutilar sari kelishmaganidir.

«Bu biz juda uzoqdan beri kuzatib kelayotgan tendensiyaning davomi, xolos: yoshlar, qariyalar, o‘rta sinfning safarbarlik darajasining pasayishi... Afsuski, biz shu darajaga yetdikki, agar safarbar bo‘lmasak, ahvol battar bo‘laveradi va biz taqdirimizni belgilay olmaymiz", deydi saylovchilardan biri.

"Mamlakatimizda betaraflarning ko‘pligi ayanchlidir. Menimcha, bu shunchaki sharmandalik: fuqarolik burch, respublika tamoyillarini anglash qayerda?", deya kuyindi yana bir fuqaro.

Birinchi bosqichda hech bir partiya ovozlarning yarmidan ko‘pini qo‘lga kirita olmaganligi sababli 10 foizdan ko‘proq ovoz olgan barcha siyosiy kuchlar ikkinchi bosqichga o‘tishdi. Ushbu bosqichda partiyalar ilgari sodir bo‘lganidek, aksariyat hollarda o‘ta o‘nglar g‘alabasiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida koalitsiyalar tuzishi mumkin bo‘ladi.