Fransiyaning 50 dan ortiq shaharlarida harorat rekord darajaga ko‘tarildi

Haroratning mutloq rekordi payshanba kuni Fransiyaning 50 dan ortiq shaharlarida qayd etildi. Bu haqda juma kuni France Info portali mamlakat meteorologiya xizmati manbasiga tayanib xabar berdi.

Oldinroq Meteo France meteorologik hizmati, yangi rekord Parijda qayd etilganini, termometr ko‘rsatkichi Selsiy bo‘yicha 42.6 darajaga yetganini xabar bergandi. Meteoxizmat ma’lumotiga ko‘ra, 25 iyul kuni bir qator shaharlarda havo harorati o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqqan. Parijdan uzoqda bo‘lmagan Sen-Mor-de-Fose kommunasida 43.6 daraja havo harorati qayd etilgan, Parijda – 42,6 daraja, Burjda – 42,1 daraja issiq bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, ko‘pchilik shaharlarda harorat so‘nggi marta 2003 yilda rekord darajaga chiqqan. Ayrim shaharlarda, jumladan Parijda bunday harorat 1947 yilda kuzatilgan.  

Noodatiy issiq havo Fransiyada iyun oyi oxirida kuzatilgan, ayrim hududlarda termometr 40 darajadan yuqori ko‘rsatkichga yetgan, bir qancha hududlarda qizil (eng yuqori) daraja ob-havo harorati xavfi e’lon qilingan. Fransiyada joriy yilda havo harorati rekord darajaga chiqqan.