Fransiyaning Buyuk Britaniya bilan urushi haqida mish-mish tarqaldi
Buyuk Britaniya agar Yevropa Ittifoqi bilan baliq ovi bo‘yicha kelishuvga kelmasa, yangi "folklend mojarosi" (Argentina va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi ikki dengiz hududi uchun bo‘lan urush)ga erishishi mumkin. Bu haqda Fransiyaning Bulon-syur-Mer shahri meri Frederik Kuvile aytib o‘tdi, deb xabar beradi Express.
U London suvlarini Yevropa Ittifoqi mamlakatlari kemalaridan himoya qilishga harbiy kemalarini yuborish niyatiga munosabat bildirdi. Siyosatchi ushbu mojarolar kimningdir xudbinligini qondirishi mumkin. Ammo muammoni hal qilishga yordam bermasligini ta’kidladi. «Buning o‘rniga Britaniya kemalari muhojirlarni qutqarishda yordam bersa bo‘lardi. U yerda odamlar halok bo‘lmoqda", deya ta’kidladi shahar rahbari.
Ayni paytda baliqchilarning Britaniya suvlariga kirishi bilan bog‘liq muammolar muzokaralarning asosiy mavzusiga aylandi. Shartnoma 2021 yil 1 yanvargacha tuzilishi kerak, ehtimol Brexit usiz amalga oshiriladi.
Oktyabr oyida Belgiya siyosatchilari hattoki qirol Charlz II tomonidan 1666 yilda berilgan muddatsiz ruxsatni dalil sifatida ishlatishga harakat qilishdi. Ammo bunday g‘oyaning oqibati noma’lum.
Tahlilchilar bitim buzilishi Buyuk Britaniyaga koronavirus inqirozidan ham kattaroq zarba berishini taxmin qilmoqda. Ammo London qat’iyatini so‘ndirgani yo‘q. Mamlakat o‘z suvlarini boshqarish uchun qirollik dengiz kuchlarining to‘rtta patrul kemasidan foydalanmoqchi. Ular Yevropa Ittifoqi kemalarini to‘xtatish va ularning ovini musodara qilish huquqiga ega bo‘ladi. Dengiz flotidagi manbaning ta’kidlashicha, ular baliq ovlovchi kemalarga o‘q uzishmaydi. Lekin ularni portga yetkazishi mumkin bo‘ladi.
Folklend orollari (Malvinas) bo‘yicha Buyuk Britaniya va Argentina o‘rtasidagi ziddiyat 1982 yil apreldan iyungacha davom etdi. Unda har ikki tomondan mingga yaqin kishi halok bo‘lgan edi. Mamlakatning diplomatik aloqalari faqat 1989 yilda tiklangan. Lekin Buenos-Ayres orollarni hanuzgacha shaxsiy hududi deb biladi.