Fuqaro xorijga chiqish uchun sobiq turmush o‘rtog‘iga salkam 75 million so‘m aliment puli to‘ladi
- 05.07.2019 15:06
- 104
- Samarqand
Majburiy ijro byurosi Bulung‘ur tuman bo‘limining Zarnews.uz saytiga xabar berishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Jomboy tumanlararo sudining sud buyrug‘iga asosan fuqaro A.Mahmudovdan undiruvchi G.Mahmudovaning foydasiga voyaga yetmagan bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam ish haqining uchdan bir qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.
Ijro harakatlari davomida fuqaro A.Mahmudovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
Fuqaro A.Mahmudov chet davlatga ketmoqchiligi sababli farzandiga 18 yoshga qadar to‘lanishi kerak bo‘lgan aliment pullarini hisob-kitob qilib, fuqaro G.Mahmudovaga 74 million 880 ming so‘m to‘lab berdi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa