“Futbolimiz kelajagi”: Ishtixon va Qo‘shrabot tumani yosh futbolchilari viloyat birinchiligi uchun bellashadi
- 21.09.2020 07:20
- 197
- Sport
Ishtixon tumani Mitan qo‘rg‘onidagi “Bolalar va o‘smirlar sport” maktabida ''Futbolimiz kelajagi'' musobaqasining hududiy saralash bosqichi o‘tkazildi. Ishtixon, Payariq, Qo‘shrabot, Oqdaryo tumanlaridan kelgan 9-12, 13-14, 15-16 yosh toifasidagi jamoalar iqtidorli sportchilar o‘zaro bellashdi.
9-12 yoshlilar o‘rtasidagi musobaqada Ishtixon tumani futbolchilari birinchi, qo‘shrabotliklar ikkinchi hamda Oqdaryo tumani jamoasi uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
Xuddi shunday, 13-14 yoshdagilar o‘rtasidagi bellashuvda qo‘shrabotlik futbolchilar birinchi o‘rinni egalladi.
15-16 yoshdagilar o‘rtasidagi bellashuvida ham ishtixonliklar birinchilikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, keyingi o‘rinlar Qo‘shrabot va Payariq tumani sportchilariga nasib etdi.
Birinchi o‘rinni egallagan jamoalar endi viloyat bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqalarda maydonga tushadi.
Ilhomjon BOBOYeV.