FVV sel xavfi haqida ogohlantirdi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi sel xavfi mavjudligi haqida ogohlantirdi.

Qayd etilishicha, 2019 yilning 8-10 iyun kunlari Toshkent, Jizzax, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfi mavjud.

“Tog‘ va tog‘oldi hududlarida yashovchi aholi diqqatiga! Ehtiyot choralarini ko‘rishingizni, hamda avariya va boshqa noxush holatlar vujudga kelganda, FVVning 10-50 raqam”iga murojaat etishingizni iltimos qilamiz”, - deyiladi xabarda.