Gaz narxi oshdi: Yevropa ko‘mirga o‘tmoqda
BofA Global Research repor hisobotiga ko‘ra, narxlar oshishi tufayli Yevropadagi kompaniyalar gazdan narxi xuddi shunday rekord darajada oshib borayotgan tanqis ko‘mir bozoriga o‘tmoqda.
Ma’lumki, oxirgi oylarda Yevropada gaz narxi keskin oshib, 6 oktyabrda ming kubometr uchun rekord - 1937 dollarga yetdi. Biroq bir necha kun oldin savdolar ochilishida, Gollandiyaning TT F indeksi bo‘yicha noyabr fyuchersi qiymati 5 foizdan ko‘proq - ming kubometr uchun 1000 dollardan pastroqqa tushib ketgan edi.
BofA Global Research hisobotiga ko‘ra, yaqinda 1 tonna energetik ko‘mir narxini, xususan, Avstraliya «Newcastle» va Yevropa «API2»ni 250 dollardan oshirdi. Bunday ko‘tarilish "global gaz inqirozi tarqalishi ta’siri tufayli" tarixda birinchi marta eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi.
Ko‘mir narxi o‘tgan yilning eng past darajasidan to‘rt baravar oshgan bir paytda, Yevropa va Osiyo gaz narxini 20 martaga oshirdi. Hisobotda aytilishicha, o‘tgan 16 savdo kunida TTF gaz narxi deyarli ikki barobarga oshgan, Newcastle va API2 ko‘mir narxi esa 60 foizga ko‘tarilgan.
Hisobotda aytilishicha, ko‘mir bozoridagi bunday poyga shu yili pandemiya davridagi talab tiklangani va ishlab chiqaruvchilar o‘tgan yilgi ishlab chiqarish pasayishidan keyingi talabni qondirish uchun kurash tufayli boshlangan.
Biroq, so‘nggi bir necha hafta ichida sodir bo‘lgan ko‘mir narxining eksponensial harakati tarixiy global gaz poygasiga bog‘liq bo‘ldi.
"Xullas, qimmatbaho gaz ishlab chiqarish endi cheklangan ko‘mir bozoriga yuzlanmoqda. Yevropada ko‘mir qazib olinishi yoz boshida uglerod chiqindisini chiqarish narxi oshishi bilan cheklangan bo‘lgan bir paytda, TTFning shiddatli ko‘tarilgan narxi gazdan ko‘mirga o‘tishga sabab bo‘ldi", deyiladi hisobotda.
G.Xoldorova tayyorladi.