"Gazetalar har 10 kunda kelyapti"
- 12.02.2019 14:40
- 95
- Mutolaa
Past Darg‘om tumanidagi 23 -o‘rta umumta’lim maktabi o‘qituvchilari 2019 yil uchun "Xalq so‘zi", "O‘zbekiston ovozi", "Zarafshon", "Past Darg‘om haqiqati" kabi 20 nomdagi matbuot nashrlariga obuna bo‘lgan. Ammo gazetalarning vaqtida keltirilmasligidan muallimlar e’tiroz bildirmoqda.
- O‘qituvchilarimiz gazeta o‘qishga juda qiziqadi, yangi sonlarini tez-tez so‘rashadi, - deydi maktab kutubxonachisi Ganjina Hamidova. - Lekin obunani tashkil etgan pochta idorasi Past Darg‘om tuman bo‘limi xodimlari gazetalarni har 10 kunda bir marta keltirishadi.
Darhaqiqat, biz kutubxonadagi gazetalar taxlamini kuzatganimizda gazetalarning oxirgi soni 2 fevralda kelganiga guvoh bo‘ldik.
Dilmurod TO‘XTAYEV.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Ta’lim aqlli intellekt girdobiga tushmasligi kerak
- 2 soat avval
- Ta’lim
Tahririyatning vijdoni edi
- Bugun, 09:20
- Mutolaa
Tokioda taksisidagi halollik darsi
- Kecha, 18:15
- Mutolaa
Odamovi Matseslar
- Kecha, 17:11
- O'qing, qiziq!