Germaniya sudi besh farzandini o‘ldirgan ayolga hukm o‘qidi Fojia o‘tgan yilning sentyabr oyida sodir bo‘lgan edi

Germaniya sudi besh farzandini o‘ldirgan ayolga hukm o‘qidi

Fojia o‘tgan yilning sentyabr oyida sodir bo‘lgan edi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Zolingen shahrida yashovchi 28 yoshli ayol fotosuratda erini boshqa ayol bilan ko‘rib qoladi. Shundan so‘ng, u bolalariga uxlatuvchi ukol qilib, barchasining joniga qasd qiladi.

Oltinchi bolagina tirik qoldi. Qotil ona 11 yoshli o‘g‘lini buvisinikiga qo‘yib yuborgan edi. Uning o‘zi mahalliy vokzalda o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lganida politsiya tomonidan qo‘lga olingan.

"Jinoyat sodir etishda u giyohvand moddalar kokteyli bilan bolalarni ataylab sarxush qilgan", deydi Vuppertal okrug sudi sudyasi Matias Rot.

Umrbod qamoq jazosi hukmini e’lon qilar ekan, sudya jinoyatning o‘ta vaxshiyligini ta’kidladi. Bu 15 yillik jazoni o‘tab bo‘lganidan keyin muddatidan oldin ozodlikka chiqishning imkoniyati yo‘q degani. Germaniya qonunlariga ko‘ra, boshqa hollarda umrbod qamoq jazosi olganlar 15 yildan so‘ng ozodlikka chiqish imkoniyati uchun mahkamaga qayta murojaat qilishadi.