Germaniyada korrupsiyaga qarshi kurashish tajribasi ko‘pchilikni qiziqtirdi
Mamlakatimizda mehmon bo‘lib turgan Germaniya Federativ Respublikasi Shimoliy Reyn-Vestfaliya federal o‘lkasi adliya vaziri o‘rinbosari Dirk Vedel boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Samarqandga keldi.
Mehmonlar dastlab viloyat prokuraturasiga tashrif buyurdi. Bu yerda “Korrupsiyaga qarshi kurashishning dolzarb masalalari: Samarqand viloyat prokuraturasi va Vuppertal shahar korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi tajribasi” mavzusida tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda viloyatda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashi, davlat va fuqarolar o‘rtasida muloqotni yo‘lga qo‘yish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida o‘zaro fikr almashildi. Germaniyada to‘plangan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi eng yangi tajriba va tuzilmalar ko‘pchilikka ma’qul bo‘ldi.
Mavzuga doir tomonlar tajribalari o‘rtoqlashildi va kelgusida soha bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.
Shuningdek, mehmonlar Samarqand shahridagi tarixiy obidalar va diqqatga sazavor joylarni tomosha qildi.