G‘oyalari bilan voqealarni oldindan bashorat qilgan yozuvchilar(2-qism)

Jorj Oruell

«Har bir narsa ongda sodir bo‘ladi. Insonning ongida sodir bo‘layotgan narsa haqiqatga aylanadi»

O‘zining siyosiy bashoratlaridan tashqari, Oruell video kuzatuvlar paydo bo‘lishini oldindan bilgan. U «Katta birodar sizni kuzatib turibdi!» deb yozgani-chi? Hozirgi kunda ko‘plab mamlakatlarda fuqarolarni to‘liq kuzatish aynan Oruell usulida amalga oshirilmoqda.

Yozuvchining «1984» romanidagi qahramonlar tomonidan aytilgan «yangi til» bugungi «Olbann» ko‘cha tilini juda eslatadi. Oruell, shuningdek, ommaviy axborot vositalari yordamida jamoatchilik fikrini va umuman xulq-atvorni boshqarishni va yana ko‘p narsalarni oldindan aniq ko‘ra olgan.

O‘qish uchun tavsiya etiladigan asarlari: “1984”, “Molxona”.


Robert Xaynlayn

“Kompyuter xatoga yo‘l qo‘yganida, u o‘z xatolariga odamdan-da o‘jarroq bo‘lib yopishadi

Aslida Guglni u ixtiro qilgan. Ehtimol, Guglning o‘zini emasdir, lekin Internet qidiruv tizimlarining prototipini aniq yozuvchi Robert Xaynlayn o‘ylab topdi. Shuningdek, mobil telefon, mikroto‘lqinli pech, protez va ikki-uch o‘lchovli loyihalash va chizish tizimi “AutoCad” dasturining analogi, shuningdek, quyosh energiyasi bilan ishlaydigan transport ham Xaynlaynning g‘oyasidir. Shuningdek, u o‘z yozuvlarida skanerning prototipi bo‘lib xizmat qilgan qurilmani batafsil tasvirlab bergan.

O‘qish uchun tavsiya etiladigan asarlari: «Qo‘shaloq yulduz», «Kosmik zobit», «Mafusail farzandlari», «Oy - qattiqqo‘l beka».

Ayzek Azimov

Robotlar ruhiyati inson ruhiyatidan shunchalik farq qilarmikin?

- Albatta, - u sovuqqina tabassum qildi, - birinchi navbatda, robotlarda vijdon bor.”

Yaponlar zo‘r ishtiyoq bilan yaratayotgan barcha zamonaviy robotlar Azimov tomonidan XX asrning o‘rtalarida tasvirlab berilgan. Shuningdek, u o‘z asarlarida birinchi bo‘lib barchamiz har xil konferensiyalar, taqdimotlar va boshqa ommaviy yig‘ilishlarda zavq bilan foydalanadigan proyektor prototipini eslatib o‘tdi.

O‘qish uchun tavsiya etiladigan asarlari: «Men Robotman», «Abadiyat intihosi», «Poydevor».


Chak Palanik

«Jangchilar klubining birinchi qoidasi: Jang haqida gapirmaslik


Chak Palanikning mashhur «Jangchilar klubi»da xuddi shu nomdagi tashkilot adolatli kurash orqali odamlar o‘z his-tuyg‘ularini to‘kib tashlaydigan joyga aylandi. Hamma narsa juda oddiy! Bu g‘oya shu qadar mashhur bo‘lib chiqdiki, hikoya asosida film suratga olingandan so‘ng, dunyoning ko‘plab shaharlarida klubning yashirincha (ba’zan esa yo‘q) analoglari paydo bo‘ldi. Ularning bir nechtasi bugungi kunda ham faoliyat ko‘rsatadi.

B.Muhammadiyeva tayyorladi.