"Greys" bo‘roni Meksikada sakkiz kishining hayotiga zomin bo‘ldi
Nyu-Yorkda yaqinlashib kelayotgan "Greys" bo‘roni tufayli favqulodda holat joriy etildi.
Kamida sakkiz kishi (ulardan oltitasi bolalar va o‘smirlar) Meksikaning Verakrus shtatida tunda 3-toifali "Greys" bo‘roni oqibatida halok bo‘ldi, bedrak yo‘qolganlar bor, deya ma’lumot berdi gubernator Kuitluak Garsia.
Verakrus ma’murlari aholini ehtiyot bo‘lishga chaqirmoqda - daryolar sathining ko‘tarilishi 6 soatgacha davom etishi mumkin, tog‘ yonbag‘irlari namlikka to‘yingani tufayli yangi ko‘chkilar ehtimoli mavjud.
Verakrusning 22 munitsipalitetida favqulodda holat e’lon qilindi.
Mexiko xalqaro aeroporti "Greys" bo‘roni tufayli oltita yo‘nalish - Verakrus, Tampiko, Reynosa, Kuliakan, Huatulko va Mayami bo‘yicha parvozlarni bekor qildi. Poytaxtda to‘q sariq rangli ogohlantirish e’lon qilindi. Mexiko shahrida tundan beri kuchli yomg‘ir davom etmoqda va kunduzi shamolning sezilarli darajada oshishi kutilmoqda.
Shuningdek, Nyu-York gubernatori Endryu Kuomo yaqinlashib kelayotgan "Genri" dovuli tufayli favqulodda holat e’lon qildi, hukumat kuchli yomg‘ir, shamol va kuchli elektr uzilishlarini kutmoqda, dedi gubernator matbuot xizmati.
Bir qator okruglarda, shu jumladan, Nyu-York shahrida favqulodda holat e’lon qilingan.