Grodnensk viloyatining qishloq xo‘jaligidagi va qayta ishlashdagi tajribasi O‘zbekistonga qo‘l keladi

Belorus davlati Grodnensk viloyatining qishloq xo‘jaligi, qayta ishlashdagi va metall buyumlar sohasidagi tajribasi O‘zbekistonga qo‘l keladi. Bu haqda O‘zbekistonning Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Oybek Xo‘jayev Grodnensk viloyat rahbari Vladimir Kravsov bilan uchrashuv vaqtida ta’kidladi, deb xabar berdi belta.

Bugun Lidada Grodnensk va Samarqand viloyati o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish yo‘l xaritasi imzolandi. Tomonlar tuzilgan kelishuvlarni tez orada amalga oshirishni rejalashtirishmoqda.

"Biz sermahsul, o‘zaro manfaatli hamkorlikdan, tashkilotlarimizni yanada yaqinroq kooperatsiyasidan manfaatdormiz. Qolaversa, bizda o‘rganishga arziydigan sabab bor, Grodnensk mintaqasining tajribasini qo‘llash", - ta’kidladi Oybek Xo‘jayev. Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari qatorida u agrar sohada mutaxassis tayyorlashni, o‘quv yurtlari bazasida, shuningdek kerakli  amaliy tajriba olsa bo‘ladigan Grodnenskning yetakchi tashkilotlarini aytib o‘tdi. 

Grodnenskda keng qamrovli qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqariladi  - traktordan tortib ko‘p hajmdagi osma va tirkamali anjomlargacha. Ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikni jadal rivojlantirish rejalashtirilmoqda.

Oybek Xo‘jayev Grodnensk mintaqasi bilan mahalliy chorvachilik, ekinchilik sohasida aloqa o‘rnatishga qiziqish bildirdi. "Bizning yerlar unumdor, biz hamisha yetishtirilgan mahsulot turini kengaytirib kelamiz. Masalan, kartoshka yetishtirishni jiddiy rivojlantirmoqchimiz. Va shu masalada o‘zaro manfaatli hamkorlikdan, tajriba almashishdan foyda borligini ko‘ryapmiz", - dedi Oybek Xo‘jayev.

Taraflar shuningdek, o‘zaro mahsulot yetkazib berishni ko‘paytirish imkoniyatlarini muhokama qilishdi: O‘zbekistondan - mevalar, yong‘oqlar, poliz ekinlari, paxta, Grodnensk viloyatidan - oziq-ovqat mahsulotlari, yog‘ochni qayta ishlash sohasi, oyna sanoati.

Grodnensk viloyatida O‘zbekiston sarmoyasi bilan 20 ga yaqin tashkilot ish yuritmoqda. Jumladan, SEZ "Grodnoinvest" bazasida paxta va paxta mahsulotlari ishlab chiqarish yirik korxonasini tashkil qilish bo‘yicha investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda.